“LUKOIL Uzbekistan Operating Company” ”Beeline Business”ning simli Internetini tanladi
04.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Beeline Business (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” uchun yagona telekommunikatsion xizmatlar ta’minlovchisi bo‘ldi. Tanlovli kim oshdi savdolar natijasida shartnoma imzolandi, unga ko‘ra avvaldan mavjud konvergent xizmatlar ro‘yhatiga optika-tolali aloqa liniyalarining yuqori tezlikdagi simli Internet xizmati ham qo‘shildi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning korporativ savdolarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko shunday dedi: ““LUKOIL Uzbekistan” – nafaqat hamkorlikning keng qamramligi, balki innovatsion tizimi uchun ham “Beeline”ning strategik mijozidir. “Unitel” va “Buzton”ning ko‘plab yetakchi qarorlari va texnologiyalari aynan “LUKOIL”ning so‘rovlari asosida ilk marotaba joriy qilingan. Yangi shartnoma besh yil davomida olib borilayotgan, va shunga qaramay ulkan imkoniyatlarga ega loyihaning mantiqiy davomi bo‘ldi”.

Bugungi kunda “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” uyali aloqa xizmatidan tashqari butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab uyali aloqa, simli ovozli aloqa va simli Internetdan foydalanmoqda.

“LUKOIL Uzbekistan Operating Company” MChJ ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Denis Rojensov: “Aloqa – kompaniya obyektlarining geografik tarqalgani va sohaning o‘ziga hosligini hisobga olgan holda har kunlik faoliyatimizning ajralmas qismidir, shuning uchun ishonish mumkin bo‘lgan sifat biz uchun muhim”.

Eslatib o‘tamiz, “LUKOIL Uzbekistan Operating Company” bilan hamkorlik doirasida “Beeline” aloqasi sifatini test o‘tkazish uchun Buxoro viloyatining Xauzak konining hududida baza stansiyasi qurilgan edi. Bundan tashqari Toshkentgacha bo‘lgan transport oqimi bilan ijara aloqa kanallarini tashkillashtirish imkoniyati kabi buyurtmachining muhim sharti amalga oshirilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq