“Be on-line”ning o‘ninchi o‘yinida navbatdagi g‘oliblar aniqlandi
04.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) 1 avgust kuni soat 20:00da FM 101 O‘zbegim Taronasi radiosining jonli efirida bo‘lib o‘tgan “Beeline Club” bonusli dasturining barcha ishtirokchilari uchun “Be on-line” loyihasi navbatdagi o‘yinining natijalarini sarhisob qilmoqda.
O‘yin boshlanishiga qadar (dushanbadan yakshanbagacha 21-27 iyulga qadar) o‘z ballarini bonus paketiga almashtirgan, yoki “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan barcha ishtirokchilarni o‘ninchi o‘yin birlashtirdi. FM 101 to‘lqinidagi jonli efir natijalariga ko‘ra yangi Samsung Galaxy S3 mini smartfonining egasi aniqlandi.
(ХХ) Х62 77 81 Guliniso Xolikova – Qashqadaryo.
Jonli efir chog‘ida taniqli xonanda DJ Piligrim bilan nazoratli harid bo‘lib o‘tdi. Ular «La Terrasse” restoraniga tashrif buyurib, “Beeline Club” Platinum kartasidan foydalanib, “Beeline Club” bonusli dasturining hamkoridan 15% chegirmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 dekabr kuni o‘yin ishtirokchilaridan biri asosiy sovrin — Samsung Galaxy Note 14ta planshetlaridan birining egasiga aylanishi mumkin.
Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi