Boysun va Oltinsoyda “Beeline” tarmog‘i kengaymoqda
01.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Surхondaryo viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Boysun, Oltinsoy va Jarqo‘rg‘on shaharlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

“Mijozlarning ishonchi – har qanday biznesning asosiy qiymatidir, aloqa sifatini yaxshilash uchun barcha kuchimizni birlashtirgan holda, uni oqlashga harakat qilamiz, – deydi “Unitel”ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov – Tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi, abonentlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiya – har kuni amalga oshirilayotgan vazifalarimizdan biri, bu kompaniyaning kelajagiga qo‘shayotgan xissamiz, uning yetakchiligining garovi, va aynan shu insonlarni “Beeline”ni tanlashga undaydi”.

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Boysun tumanining Pulxokim va Oltinsoy tumanidagi Korsagon qishloqlarida, shuningdek Jarqo‘rg‘on tumanining Surxon qishlog‘ida signal sifati yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq