8 avgust kuni “Beeline” ”Yoshlar” telekanalining efirida birinchi honadonni o‘ynaydi
01.08.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Innovatsiya” aksiyasi doirasida olti innovatsion honadonlardan birini o‘ynalishi haqida xabar beradi. G‘olib 8 avgust kuni soat 20:20 “Yoshlar” telekanalining jonli efirida aniqlanadi.

Har oylik supersovrinlar o’yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga xaftasiga $2,5dan ziyod mablag’ sarflab (dushanbadan yakshanbagacha) “Beeline”ning faol abonenti bo’lish lozim. Status turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etadi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Ko‘pdan beri kutilgan “Innovatsiya” aksiyasining birinchi o‘yini yaqinlashmoqda. Loyiha shartlari bo‘yicha abonent aksiyaga qachon qo‘shilgani muhim emasligi bois, supersovrinlardan birini qo‘lga kiritish imkoni barchada bor. Qoidalar juda oson va ochiq-oydin, shuning uchun millionlab insonlarning unga qiziqishi tushunarli hol”.

beeline_1_08_2014

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 2014 yilning avgust oyidan boshlab har oy jonli televizion efirda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar oshkora ravishda jonli efirga qo’ng’iroq qilib tushgan abonentlarning tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi. Qo‘ng‘iroq qilgan abonent va boshlovchi orasidagi muloqot jonli efirda hay’at guruhi ishtirokida ro‘y beradi.

Raqamlar kompyuter dasturida aytib o‘tilgan tartib bo‘yicha o‘ngdan chapga kiritiladi:

  • 5 raqam mos tushganida abonent 1 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • 6 raqam mos tushganida abonent 2 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • Barcha 7 raqami mos tushgan abonent o‘z shahrida joylashgan xonadon egasiga aylanadi.

“Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq