“Beeline” call-markazini kengaytirgan holda mijozlarni qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirmoqda
31.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) mijozlik tajribasini rivojlantirish loyihasi doirasida call-markazi hodimlarining sonini oshirgani haqida xabar beradi. 2013 yilga nisbatan operatorlar soni o‘rtacha 15% oshdi.

“Bizning call-markazimizda yuzlab odamlar ishlashadi – bu “Beeline”ning eng yirik bo‘limi, va aynan shu insonlar abonentlar bilan kompaniya nomidan muloqot qilishadi, – deydi “Unitel”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Lyudmila Chaykovskaya. – Biz eng yaxshi servis bilan ta’minlashga intilamiz, faqat interaktiv tizimlarimizni takomillashtirish innovatsiyalarni joriy qilish va xodimlarga ta’lim berish bilan bularga erishish mumkin. Shu bilan birga abonentlarning soni o‘sishi bilan birga xodimlar soni ham katta ahamiyatga ega: ushbu ko‘satgichning o‘sishi liniyadagi kutish vaqtini qisqartiradi”.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline” call-markazining operatorlari 2014 yilning birinchi yarmida 6 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatishdi. “Unitel”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati mustaqil so‘rovlar natijasiga ko‘ra bir necha bor O‘zbekistonning eng yaxshi call-markazi deb tan olingan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq