SandPiper smartfonni portativ spirometrga aylantirdi
30.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Smartfonlar paydo bo‘lishi bilan salomatlik va hayotiy ko‘rsatkichlarning ko‘p jihatini monitoring qilish usullari paydo bo‘ldi. Smartfon egalari soat bilan birga termometr, alkometr, fitnes-ilovalar, mikroskop va boshqa foydali aksessuar hamda funksiyalarga ham ega bo‘ladilar. South Jersey Engineering & Research firmasi yangi aksessuar — tibbiy asbobi — o‘pka analizatori SandPiperni taqdim etdi.

sand_30_07_2014

SandPiper — bu qulay spirometr bo‘lib, o‘pkada havo hajmini hisoblaydigan asbobdir. U Android va iOS-smartfonga naushnik uchun teshikcha orqali ulanadi. Foydalanuvchi asbobning bir uchidan puflasa bo‘lgani, ichki datchik havo tezligiga proporsional elektr quvvatini boshqaradi va trubka orqali o‘tayotgan havo hajmini hisoblaydi. Ilovalar yordamida alohida ko‘rsatkichlar: bir soniyada nafas olish va chiqarishda havo hajmi va boshqalarni o‘lchash mumkin. SandPiper ishlab chiqish va sotish uchun dasturchilar 275 ming dollar jamlashlari zarur, shu maqsadda maxsus sayt e’lon qilganlar. Agar muvaffaqiyatga erishilsa, asbobni dekabr oyida taxminan 73 dollarga sotib olish mumkin.

Manba: https://www.indiegogo.com/projects/sandpiper

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq