RoboCup 2014 robotlari orasida jahon futbol kubogi
30.07.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robo_30_07_2014

19-iyul kuni futbol bo‘yicha Braziliyada — bu safar robotlar orasida yangi jahon chempionati boshlandi.

RoboCup — mazkur an’anaviy musobaqada turli mamlakatlardan jamoalar ishtirok etdi. Robotlar orasidagi jahon chempionatida mamlakatlardan terma jamoalar emas, balki ularning yaratuvchilari ishtirok etadi, masalan, o‘tgan yili bir toifadagi uchrashuvlar finalida Germaniyadan ikki jamoa bellashgandi. Umuman olganda, bu ham chempionlarning aynan shunday Ligasi, biroq faqat global miqyosda o‘tkazilmoqda.

robo_30_07_2014_1

Bu yil jahonning 45ta mamlakatidan jamoalar ishtirokchiga aylandi. Futbolchilarni 4000 nafardan ortiq robot-quruvchi muhandislar ishlab chiqqan. Mashinalar odamlar yordamisiz mustaqil musobaqalashadilar. Maydonda o‘lchami bo‘yicha katta odam gavdasi kabi katta klass roboti hakamlik qiladi, shuningdek, qimmatbaho mashinalar yiqilib ketmasligi uchun ularni himoya qiladi. Boshqa toifalarda maydonda faqat robotlar bo‘lib, ba’zan yiqilganlarni olib chiqib ketadilar. Eng qiziqarlisi, yiqilgan robotlar mustaqil o‘rnilaridan turib, yana harakatlanadi.

robo_30_07_2014_2

Musobaqa uch: RoboCup Soccer (katta robotlar uchun qo‘l va oyoqlari bilan), Simulation League (futbol simulyatorlari bo‘lgan o‘yinchilar uchun) va Small Size League (kichik robotlar uchun) toifada o‘tkaziladi. Dastlabki RoboCup 1997-yil Yaponiyada o‘tkazilgan. Taxmin qilinishicha, 2050-yilda futbol maydonida mashinalar odamlar bilan uchrashuv uyushtiradilar.

Manba: http://www.robocup.org.br

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq