Jizzax viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish odimlari
30.07.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.
Muallif: Х. Mamedov.

jiz_30_07_2014

Ахborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivoji jamiyatimizni axborotga bo‘lgan talabini qondirishda o‘ziga xos tarzda xizmat qilmoqda, uzog‘imizni yaqin qilib, bebaho vaqtimizni tejashda muhim omil bo‘lmoqda. Jahondagi ko‘plab mamlakatlarda AKT yordamida davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, munosabatlar darajasini oshirishning yangi yo‘llari, usullarini izlanmoqda. Mamlakatimizda ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, Prezidentimiz va hukumatimizning AKTni rivojlantirish va joriy etish yuzasidan bir qator Qonun, Qaror va farmoyishlari qabul qilingan.

Jizzax viloyatida AKT’ni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Jizzax viloyatining shahar va tuman hokimliklarida «Viloyat kompyuterlashtirish markazi» va qo‘mitaning hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorlikda hokimliklarning lokal va korporativ tarmog‘i tashkil etildi. Barcha hokimliklar hamda ularga tegishli tashkilot va korxonalar Internet tarmog‘iga ulandi, ijro intizomi va elektron hujjat aylanish tizimini nazorat qilish bo‘yicha «E-Hujjat» axborot tizimi joriy etildi.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi va viloyat hokimligining birgalikdagi harakatlari sababli «E-Xat» himoyalangan elektron pochta tizimini viloyatdagi hokimliklar, boshqarma, tashkilot va korxonalarda joriy etish jadallashtirildi va ushbu tizimdan foydalanuvchilar sonini yil boshiga nisbatan 6,2 baravarga oshirishga erishildi. 2014-yil 14-yanvarda, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, «Jizzax viloyatida 2014-yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar manzilli dasturi» va «Jizzax viloyatida 2014-yilda Interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish va rivojlantirish dasturi» tasdiqlandi va dasturda belgilab berilgan ishlar o‘z muddatlarida amalga oshirilmoqda.

jiz_30_07_2014_1

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining veb-saytlarida ularning faoliyatiga tegishli axborotni topish fuqarolar uchun qulay. Bu axborotlar internet tarmog‘i orqali hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan muhim axborot-resursiga aylandi. Har bir shaxs ortiqcha vaqt sarflamasdan, o‘z murojaatiga tezkor javob oladi, turli interaktiv xizmatlardan foydalanadi. Shu sababli Jizzax viloyati hokimligining jizzax.uz rasmiy veb-saytini xalqaro talablar asosida foydalanuvchilarga havola etish yuzasidan qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi. Viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti jizzax.uz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-sonli qarori talablari asosida o‘zgartirib borilmoqda.

Hоzirda rasmiy veb-sayt orqali 17 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Qo‘shimcha tarzda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi «Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida»gi PQ-605 sonli Qarori asosida viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida arizalarni yuklab olish hamda shahar va tumanlar hokimliklariga onlayn tarzda taqdim etish yo‘lga qo‘yildi.

«Viloyat kompyuterlashtirish markazi» bilan hamkorlikda viloyatdagi 13ta kasb-hunar kolleji (KHK)ga o‘rnatilayotgan «DAVOMAT» axborot tizimi 4ta kollejda Uch-tepa Qishloq xo‘jalik KHK va G‘allaorol sanoat KHK, Jizzax Olimpiya KHK, Jizzax San’at KHKda joriy etildi. 10ta kasb-hunar kollejlarida joriy etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Ma’lumotlar jamlangach, Davomat axborot tizimiga kiritiladi va kollejlarga joriy etish boshlanadi. Natijada o‘quvchi-talabalarning darslarga qatnashi doimiy nazoratga olinib, o‘quv davomatini yaxshilashga erishiladi.

«O‘zbektelekom» AK Jizzax filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim» milliy tizimini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1740 sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda masofaviy ta’limning yangi shakllarini joriy etish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish maqsadida viloyatdagi 9ta kollejlarni «Elektron ta’lim» tarmog‘iga ulashda 72,9 km masofada optik tolali kabel yotqizish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar umumiy uzunligi 26.7 km. bo‘lgan optik tolali aloqa kabellari yotqizildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 548ta maktablardan 523tasi, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga qarashli 75ta KHK’larning 70tasi, 4ta akademik litseylar «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog‘iga ulangan.

jiz_30_07_2014_2

Internet xizmati ham keng omma orasiga allaqachon kirib bordi. Eng muhimi, axborot tizimlari orqali yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, jamiyatni turli buzg‘unchi yot g‘oyalar, axborot xurujlari ta’siridan asrash, fuqarolarimizning murojaatlarini, kundalik hayotidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish bugungi kunning eng dolzarb masalalari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2013-yil 27-noyabrdagi 01-07/1-266 (339)-sonli majlis bayoni hamda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2013-yil 30-dekabrdagi 01-1424-sonli yig‘ilish bayonining ijrosi yuzasidan yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi axborot xurujlariga qarshi kurashish, jumladan, internet tarmog‘i orqali «Ommaviy madaniyat» niqobi ostida salbiy axborotlar tarqalishining oldini olishga qaratilgan monitoring ishlarini kuchaytirish maqsadida 2014-yil 13-fevralda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i raisligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda jamoat joylarida internet xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyekt (internet kafe)lar rahbarlari va operatorlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish qatnashchilariga — zo‘ravonlik, axloqsizlik, shavqatsizlikni targ‘ib etuvchi filmlar, Internet resurslarining hamda kompyuter o‘yinlarining yosh avlod ongiga salbiy ta’sir o‘tkazishi to‘g‘risidagi hayotiy voqealar aks ettirilgan «O‘rgimchak to‘ri tahdidi», «Nigoh» videofilmlari namoyish etildi.

Viloyatimizdagi internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni shu kunga qadar 6354tani tashkil qildi. Yil boshiga nisbatan o‘sish 113,4 foizni tashkil etdi. Bu esa o‘z navbatida, «Elektron hukumat» tizimidagi axborot tizimlari, veb-saytlardan foydalanuvchilar sonining oshishiga olib keladi. Viloyat miqyosida, qaysi sohada bo‘lishidan qat’iy na-zar, faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarga tashrif buyurmang, albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib borayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Shu o‘rinda, rahbar xodimlar tomonidan sohani AKT bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, AKT’ni joriy etish masalalari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga xodimlarni tanlov asosida qabul qilish, ular orasidan yetishib chiqqan eng malakali mutaxassislarga mas’uliyatli vazifalarni ishonib topshirish, bo‘limlararo va idoralararo elektron hujjat almashish tizimlarini joriy etish bilan ma’lumotlar almashinuvida vaqt sarfining kamayishiga erishish choralari ko‘rilayotganligi tahsinga sazovor.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi «Viloyat axborotlashtirish kengashi» tarkibiga kiritildi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi boshqarma, bo‘linmalarida AKTni joriy etish, undan foydalanish samaradorligini o‘rganish bo‘yicha shu davrgacha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tomonidan belgilangan reja-tadbirga muvofiq 5ta korxona va tashkilotlarda AKT holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

jiz_30_07_2014_3

O‘rganishlar so‘ngida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida ish faoliyati jarayonida AKTdan keng va samarali foydalanish yuzasidan xulosa hamda takliflar berildi. Zamon bilan hamqadam rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rganish va undan samarali foydalanish har bir kishidan mas’uliyat va bilimni talab etadi. Shu boisdan ham barcha tashkilot va muassasalarda AKTga bevosita aloqador xodimlarning malakasini oshirish maqsadida sohada yuksak tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashishni keng yo‘lga qo‘yish bugungi zamon talabidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabrdagi 289-sonli qarori asosida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining kompyuter savodxonligi bo‘yicha attestatsiya topshiradigan xodimlari ro‘yxati shakllantirildi. Viloyat hokimligi va qo‘mitaning hududiy boshqarmasi bilan birgalikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkillashtirish yuzasidan hokimliklarning xodimlarini o‘qitish va malakalarini oshirish kurslarini tashkillashtirdi va hozirda Jizzax Politexnika institutida o‘qitish ishlari olib borilmoqda. Ish jarayonida, kundalik hayotimizda AKTdan foydalanish samaradorligini oshirish har bir fuqaroning funksional vazifasiga aylanmog‘i lozim. Bugungi kunga qadar Jizzax viloyat hokimligida «Buxoro-SOFT» kompaniyasining «Cadry 5L», «Paxta», «Agroiqtisod», «Sms-informator» kabi axborot tizimlari joriy etilgan.

«Buxoro-SOFT» kompaniyasining yana bir axborot tizimi «Billing-GAZ-2» «Markazgazta’minot» UKga va uning shahar, tuman filiallariga joriy etilmoqda. Ushbu axborot tizimi Vazirlar Mahkamasining 1031-sonli tartibi bo‘yicha tashkilotlarning tizimga ulanishlari, abonentlar uchun personal kabinet mavjudligi, smartfon orqali kiritilgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida kelib tushishi, aloqa xarajatlarining kamayishi bilan bir qatorda, rahbariyat hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan vakolati doirasidagi ma’lumotlarni mustaqil ravishda, onlayn tartibida ko‘rib turish imkoniyatini ham yaratadi.

«Viloyat Elektr tarmoqlari» OAJ tomonidan «Elektr Hisob» axborot tizimi joriy etildi va natijada iste’molchilarga amalga oshirgan to‘lovlari va qarzlariga oid axborotni internet va mobil telefon orqali tezkorlik bilan olish, iste’molchilarni amalga oshirilgan to‘lovlar, mavjud qarzdorlik, rekvizitlarning o‘zgarishi haqida SMS-xabar jo‘natish yo‘li bilan muntazam xabardor qilib borish, tijorat banklari, PAYNET va SMS-to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarning on-layn rejimida qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Jizzax viloyati hokimligining 2013-yil 4-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-apreldagi 2013–2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1957 sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda Jizzax viloyatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida aholiga xizmat ko‘rsatishning sifatini yanada oshirish bo‘yicha tasdiqlangan qo‘shimcha chora-tadbirlar» 03-783 sonli reja ijrosi yuzasidan Jizzax shahridagi mavjud 9ta mehmonxona Wi-Fi texnologiyasi asosida internet tarmog‘iga ulandi, Wi-Fi hududlari tashkil etildi.

Bugungi kunda Jizzax shahridagi mavjud mehmonxonalarda optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish maqsadida 19ta keng polasali xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradigan EVDO 3-avlod baza stansiyalarini qurish evaziga CDMA-450 mobil aloqa tarmog‘i qamrovini 60 foizdan 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda «O‘zbektelekom» AK «O‘zmobayl» filiali tomonidan tumanlarda Antenna machtasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

«O‘zbektelekom» AK Jizzax filiali qoshida «Call-center» ma’lumot-axborot markazi ishga tushdi va unga 084-raqami biriktirildi. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlar qatori O‘zbekiston ham yer usti raqamli teleuzatish dasturini ishlab, pog‘onama-pog‘ona uni joriy etish yo‘lidan bormoqda. Shu qatorda, Jizzax viloyatida ham Qo‘ytosh teleuzatish markaziga raqamli uzatgich o‘rnatilib, aholining 63 foizi raqamli teleko‘rsatuvlardan bahramand bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2013-yil 19-iyuldagi 08/1-438 sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Viloyat hokimligi majlislar zalida 2013-yil 16-avgust «Axborot muhitida Respublikaning axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda Internet tarmog‘idan to‘g‘ri, oqilona va xavfsiz foydalanishni tashkil qilish» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda shahar va tuman hokimlari xodimlari, viloyatdagi tashkilot va korxonalarning rahbarlari hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’ul shaxslari ishtirok etdilar.

Jizzax viloyat hokimligining axborot xavfsizligi siyosati ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ish yuzasidan chet davlat pochta serverlari xizmatidan foydalanmaslik va axborot xavsizligi bo‘yicha ishlarni kuchaytirish maqsadida, viloyat, shahar va barcha tuman hokimliklari, tegishli korxona va tashkilotlar xodimlariga uMail.uz pochta tizimidan elektron pochtalar ochib berildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq