Jahonda birinchi proyeksion Ritot smart-soatlari
30.07.2014
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Juda ommalashib borayotganiga qaramay, olib yuriladigan kompyuterlar hali ham rivojlanishning boshlang‘ich bosqichidadir. Bunga guvoh — birinchi bor foydalanishga taqdim etilayotgan yangi funksiyali gadjetlarning paydo bo‘layotganligidir. Ulardan biri — Ritot smart-soatlari bo‘lib, an’anaviy displey o‘rniga ekran sifatida charmdan foydalanilgan.

Tasvir pikoproyektor yordamida taqdim etiladi. Soatlar vaqtni ko‘rsatishdan tashqari, smartfonga ulanib, xabarlarni uzatish, qabul qilish va ularni qo‘lda taqilgan holda o‘qish imkonini beradi. SMS, elektron xatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar va ularni yozish, xotiraga saqlab qo‘yish, kalendar yozuvlari va ko‘plab boshqalarni taqdim etadi. Qanday xabar va ma’lumotlardan boxabar bo‘lishni xohlasangiz, soatni smartfonga sozlab qo‘ysangiz bo‘lgani.

rit_30_07_2014

Gadjet faqat birgina tugmacha bilan jihozlangan bo‘lib, u proyektorni ishga soladi yoki to‘xtatadi. Juda dangasalar tugmaga umuman tegmasliklari mumkin — qo‘lni silkitib qo‘ysalar bo‘lgani. Xabar va vaqt ko‘rsatkichlarini 20 turdagi ranglarda ko‘rish mumkin. Tasvir faollashtirishdan so‘ng 10 soniya mobaynida ko‘zdan yo‘qoladi. Akkumulyatorning bir martalik quvvat olishi bir oyga yoki 150 soatga yetadi.

rit_30_07_2014_1

Proeksion smart-soatlarning taxminiy bahosi 160 dollar. Ularni ishlab chiqarishga mablag‘ yig‘ish uchun e’lon qilingan sayt — Indiegogo amal qilmoqda, hozirda 185 ming dollardan ortiq mablag‘ jamlangan.

Manba: https://www.indiegogo.com/projects/ritot-the-first-projection-watch

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq