Foxconn kompaniyasi o‘z xodimlarini Foxbot robotlariga almashtirishni maqsad qilgan
30.07.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

fox_30_07_2014

Yaqinda ma’lum bo‘lishicha Foxconn kompaniyasi Apple iPhone 6 smartfonlarini ishlab chiqarishga tayyorlash uchun o‘zining 100 ming nafar xodimlari safini Foxbot robotlariga almashtirishni maqsad qilgan. Hozircha natija qanday bo‘lishi noma’lum. Biroq Terri Gu (Terry Gou) kompaniyasi prezidentining so‘zlariga qaraganda, Xitoy gigantining fabrikalaridan birida Applening nomi e’lon qilinmagan qurilmasini Foxbot robotlari tomonidan yig‘ish ishlari boshlanadi. Hozirda mazkur dastur testlashtirish bosqichini yakunlamoqda.

Ish boshidan 10 000 robotni qurish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning har biri yiliga 30 000 qurilmani yig‘ishga moslashtirilgan. bir robotning bahosi 20–25 ming dollar. Foxconn mazkur liniyani 2011-yilda yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgandi, biroq dastur ayrim sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan.

Foxconn uchun bu muhim qadam bo‘lib, hozirda kompaniyaning ayrim fabrikalarida 1 mln.dan ortiq ishchi-xodim ishlaydi, bu masalan, Islandiya yoki Malta aholisidan ko‘pdir.

Manba: www.ixbt.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq