Eguk displeyli smartfon apparatlari ulushi 2018-yilda mazkur ko‘rsatma 40 foizga yetadi
30.07.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

disp_30_07_2014

DisplaySearch analitiklari hisoblashlaricha, 2013-yilda egik displeyli smartfonlar «aqlli» mobil apparatlari umumiy savdo hajmining faqatgina 0,2 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Janubiy Koreyaning Samsung va LG kompaniyasi egik ekranli smartfonlarni taqdim etgandi. Ishlab chiqaruvchilar bu smartfon ishini amalga oshirishni qulaylashtiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari, egik shakl yangi bir qator vositalarni boshqarishga imkon beradi. Biroq ko‘pgina sharhlovchilar buni baxsli deb hisoblamoqdalar.

Har holda DisplaySearch bashoratiga ko‘ra 2015-yilda egik ekranli smartfon apparatlari umumiy ishlab chiqarish hajmining 12 foizini tashkil etadi. 2018-yilda mazkur ko‘rsatma 40 foizga yetishi mumkin.

Shuningdek, analitiklar turli olib yuriladigan elektron qurilmalar — «aqlli» soatlar, fitnes-trekerlar va kompyuterlashgan ko‘zoynaklar rivoji bo‘yicha jadal rivojlanishni bashorat qilmoqdalar. Oldindan mo‘ljallanishiga muvofiq 2014-yilda jahon bo‘yicha 10 mln. gadjet sotilgan. Jumladan, turli smart-ko‘zoynaklar modellarining umumiy savdo hajmi 4 mln. birlikni tashkil etadi, ularning o‘rtacha narxi esa $500ni tashkil etadi. Monitorlar sotilishi 4 mln. donani tashkil etishi, ularning o‘rtacha narxi esa ancha arzon — $140 ni tashkil etadi. «Aqlli» soatlar 2 mln. dona bo‘lib, o‘rtacha narxi esa $200 bo‘lishi mumkin.

«Narsalar Interneti» va olib yuriladigan qurilmalar smartfondan keyin IT-industriyaning yangi yo‘nalishi rivojlanmoqda. Agar «aqlli» mobil apparatlari segmentida o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 2013–2017 yillarda (CAGR) 24 foizni tashkil etsa, olib yuriladigan qurilmalar ko‘rsatkichi 123 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq