Cliris – ko‘zoynaklarni avtomatik tozalash qurilmasi
30.07.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

cliris_30_07_2014

Cliris SA Shveytsariya startapi ko‘zoynaklarni tozalash qurilmasini taqdim etdi. Juda chiroyli gadjet Cliris 4 daqiqada tozalaydi, dezinfeksiya qiladi, quritadi va agar istak bo‘lsa yoqimli hid ham taratadi. Bundan tashqari, Cliris oynalarning qirilgan joylariga ham qayta ishlov beradi.

Mazkur barcha jarayonlar ultratovush va biodegradatsiya suyuqligi bilan amalga oshiriladi. Faqat — gadjet elektr tarmog‘iga ulansa hamda maxsus ko‘chma moslamaga joylashtirilsa bo‘lgani. Qurilma idishchasi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Yaratuvchilarning fikriga ko‘ra, Cliris quvvati 40 Vattdan oshmaydi.

Biodegradatsiyalanuvchi suyuqlik Cliriense deb nomlanadi hamda firmaning xususiy ishlanmasi hisoblanadi. U kartrijlarga yetkazib beriladi va orqa qismiga ikkitadan o‘rnatiladi. Bir kartrij oyiga ko‘zoynak har kuni tozalanadigan bo‘lsa, 30 marta tozalashga yetadi.

LED-lampochkasi suyuqlik tugayotganidan xabar beradi. Kartrijni almashtirish oson, chiqindi suyuqlikni to‘kib yuborish mumkin, u atrof-olam uchun xavfsiz hisoblanadi. U bilan har qanday, jumladan, sportchilar ko‘zoynagini tozalash mumkin. Bunda yagona talab: ularning o‘lchami 5 x 15 sm.dan katta bo‘lishi lozim.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq