“Beeline”ning Bosh direktori abonentlarning savollariga javob berishda davom etmoqda
30.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun yaratilgan bosh direktorning shaxsiy pochta qutisining uch oylik ish natijalarini sarhisob qilmoqda. Ushbu vaqt ichida GD@beeline.uz manziliga murojaat qilgan yuzlab abonentlar kompaniya boshlig‘idan javob oldilar.

bbeeline_30_07_2014

Voqeani sharhlar ekan, MChJ “Unitel”ning Bosh direktori Aleksandr Vorobyov shunday dedi: “So‘ngi vaqt mobaynida ayni bir hatlarning qiziqarli xususiyatlarini ko‘rdim: Mijozlar bevosita kompaniyaning boshlig‘iga murojaat qilish — barcha muammolarni tez yechimi, deb o‘ylashadi. Meni to‘g‘ri tushunishlarini istayman: ko‘p hollarda men haqiqatan ham call-markazi javob bera olmaydigan savollarga javob bera olaman, bu birinchi navbatda kompaniyaning rivojlanish istiqbollari va tarmoqlar qurilishiga oid. Ko‘plab qiziqarli g‘oyalarni men mamnuniyat bilan mutaxassislarga ishlash uchun yo‘naltiraman, shuningdek mijozlar ko‘rsatgan kamchiliklarni inobatga olaman. Lekin, yangi baza stansiyalarni o‘rnatilishini va tarmoqda paydo bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etilishini tezlashtira olmayman, chunki bu savollarning yechimi operativ tarzda amalga oshiriladi. Shunga qaramay, aksariyat hatlar juda mazmunli va qiziqarli, va ularga yanada ko‘p vaqt sarf qilishga tayyorman”.

Eslatib o‘tamiz, GD@beeline.uz electron manzili doimiy ravishda amal qiladi, va kompaniya yozuvlarning maxfiyligini kafolatlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq