Rejalar AKT joriy etilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan
29.07.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

gis_29_07_2014

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Inspeksiya tomonidan joriy yilning I yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita)ning tegishli qaror va buyruqlari bilan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq 17ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi, jumladan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi;
4. «O‘zbekkino» Milliy agentligi;
5. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi;
7. «Dori-darmon» Aksiyadorlik kompaniyasi;
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi;
9. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi;
10. Jizzax viloyati hokimligi;
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
12. «O‘zbekyengilsanoat» DAK;
13. «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi;
14. «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi;
15. «TEXNOLOG» ochiq aksiyadorlik jamiyati;
16. O‘zbekiston fermerlar kengashi;
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi.

Ushbu o‘rganishlar davomida davlat organlarida AKT sohasidagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarining bajarilishi, maqsadli yo‘nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va AKT’dan samarali foydalanishning holati, ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma’lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integratsiyasi, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish, AKT sohasi bo‘yicha malakali kadrlar bilan ta’minlanganlik, axborot resurslari va interaktiv davlat xizmatlarining mavjudligi va ulardan foydalanishning qulayligi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari Inspeksiya tomonidan xolisona baholanishini ta’minlash maqsadida natijalar tahlil qilinib, davlat organlari tomonidan AKT’ni joriy etish va rivojlantirish yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha tegishli xulosalar, taklif va tavsiyalar berildi.

gis_29_07_2014_1

O‘tkazilgan o‘rganishlar bilan bir qatorda, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning AKT’dan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2014-yilning I yarim yilligi davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli qaroriga asosan 125ta davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali aholiga va tadbirkorlik subyektlariga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi yuzasidan monitoring olib borildi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan ham Inspeksiya tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, elektron shaklda ma’lumotlarning to‘liq ayirboshlanishini, so‘rovlarni rasmiylashtirish tartibotlarini jadallashtirish, AKT’dan foydalanish asosida davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari va aholining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi «Interaktiv davlat xizmatlari (IDX) ko‘rsatilishini hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-sonli qarori ijrosining davlat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi. Davlat organlari tomonidan mazkur qaror talablari asosida interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan ma’lumotlar tegishli choralar ko‘rish uchun Qo‘mitaga taqdim etib borildi.

gis_29_07_2014_2

Inspeksiya tomonidan o‘z vakolatlari doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKT’ni joriy etish samaradorligini oshirishga qaratilgandir. 2014-yil II yarim yilligida Inspeksiya tomonidan AKT sohasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli Qarori bilan nazarda tutilgan davlat organlari tomonidan «Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot tizimlarini yaratishni nazoratga olish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi IDX ko‘rsatilishini hisobga olgan holda, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 378-sonli qarori ijrosi bo‘yicha davlat organlari tomonidan Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi tartibiga rioya qilinishi monitoringini olib borish.
3. Xodimlarning AKT sohasida bilim va malakasini oshirish yuzasidan maxsus o‘quv kurslarida o‘qitish.
4. Inspeksiya tomonidan davlat organlarida AKT’ni joriy etish va rivojlantirish holati bo‘yicha o‘rganishlarni sifatli o‘tkazish va samaradorligini yanada oshirish choralarini ko‘rish.
5. Davlat organlarida o‘tkaziladigan o‘rganishlarda boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratish.
6. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida o‘tkaziladigan o‘rganishlarda qatnashish uchun soha tashkilotlari, davlat organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarni jalb etish ishlarini davom ettirish.

Yuqorida qayd etilgan, joriy yilning II yarim yilligida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, o‘rganish va monitoringlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKT’ni joriy etish va yanada rivojlantirish darajasiga ijobiy ta’sir etib, mazkur ishlar samaradorligini oshirishiga ishonchimiz komil.

Isomiddin Ashurov, Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq