«O‘zbekiston pochtasi» OAJ – aholiga qulay xizmat turlarini kengaytirish maqsadida
29.07.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

Milliy operator sifatida mamlakatimizning barcha hududlarida universal xizmat ko‘rsatuvchi “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati nafaqat an’anaviy xizmatlar, balki shaharlararo va xalqaro so‘zlashuvlar uchun to‘lovlarni tezkorlik bilan qabul qilish, pochta aloqasi bo‘limlarida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining billing tizimiga ulangan uy telefonlari uchun abonent to‘lovlarini, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar uchun ham to‘lovlar qabul qilish kabi ko‘plab xizmatlarni amalga oshiradi.

Pochta aloqasini yuritishning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanish tufayli uning ko‘plab obyektlari avtomatlashtirilgan elektron pul o‘tkazish tizimiga ulangan, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, pochta xavfsizligi ta’minlangan, eng yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish turli yuqori sifatli va tezkor xizmatlarni amalga oshirish imkonini bermoqda.

Hozirgi vaqtda pochta aloqasi tarmog‘ini modernizatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmat ko‘rsatishning yangi turlarini joriy etish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan dastur bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida nafaqalar, obunalar, boshqaruv va moliyaviy hisobotlarni nazorat qilish hamda hisob-kitoblarni olib borishning avtomatlashtirilgan tizimini amaliyotga tatbiq qilish ham nazarda tutilgan.

Kelajakda barcha pochta aloqasi bo‘limlarini jihozlash, turli pul o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilishni tashkil etish va uni kengaytirish, «O‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyatining internet-magazini orqali tovarlarni yetkazib berish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, «Pochta orqali tovarlar» xizmati, internet orqali elektron obuna va boshqa yangiliklarni joriy etish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda e’lon qilingan 2014-yilning «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida onalik va bolalikni muhofaza qilishni ta’minlash, boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, bolalar tarbiyasida jamoat tashkilotlarining rolini kengaytirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Pochta aloqasi tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish, pochta aloqasi sohasida ma’muriy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlariga yaqinlashtirish, korporativ boshqaruv me’yor va tamoyillarni keng joriy etish natijasida Jamiyatda 2014-yilning I yarim yilligida 594,8 mln. so‘m miqdorida xarajatlarning iqtisod qilinishi kutilmoqda. Jumladan:

    • korxonalarda modernizatsiyalash jarayonini tezlashtirish, energiya tejaydigan yangi texnika va texnolo-giyalarni joriy etish va energiya sarfi yuqori bo‘lgan uskunalarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha iste’mol qi-linayotgan elektr quvvati, materiallar, ehtiyot qismlar va asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari miqdorini 62,8 mln. so‘mga kamaytirish;
    • xorijiy pochta ma’muriyatlari bilan amalga oshirilayotgan pochta jo‘natmalarini ayirboshlash natijasida yuzaga keladigan import xarajatlari bo‘yicha hisob-kitoblar miqdorini 256,3 mln. so‘mga qisqartirish;
    • boshqaruv apparati xodimlariga sarflanadigan qo‘shimcha to‘lov va joriy mukofotlar, ekspluatatsiya xarajatlari (safar xarajatlari, transport, telefon, devonxona va boshqa)ni miqdorini maqbullashtirish bo‘yicha 69,8 mln. so‘mga kamaytirish;
    • ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa operatsion xarajatlar miqdori 215,5 mln. so‘mga qisqartiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi «2010-yilgacha pochta aloqasi shaxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yangi xizmat turlarini joriy etish to‘g‘risida»gi 128-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-maydagi PQ-1754-sonli «2012–2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq pochta aloqasi sohasini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida ko‘rsa-tilayotgan xizmatlarni kengaytirish va rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan:

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ’da korporativ kompyuter tarmog‘i tashkil etilgan bo‘lib, ushbu korporativ kompyuter tarmog‘iga Jamiyatning 186ta tuman pochta aloqasi tarmoqlari (jumladan, ishlab chiqarish uchastkalari) va 1522ta pochta aloqasi bo‘limlari jami 1 708ta pochta aloqasi obyektlari bog‘langan. Tarmoqning Jamiyat Boshqarma apparati va «O‘zbektelekom» AK’ning «BRM» filiali («UzNet» operatori) orasidagi ma’lumotlar uzatish tezligi «O‘zbektelekom» AK’ning TShTT filiali bilan hamkorlikda yotqizilgan optik tolali kabel orqali 10 Mbit/s.ga yetkazildi. Jamiyat filiallari va «BRM» operatori orasidagi ma’lumotlar uzatish kanali tezligini 2 Mbit/s.gacha ko‘tarildi.

Hozirgi kunda Jamiyatda 4069 dona kompyuter va server (shu jumladan, 3824ta kompyuter), 1931ta printer, 2145ta UPS, 147ta faks, 316ta nusxa ko‘chirish apparatlari va 1113ta modem ishlatib kelinmoqda. Jamiyatning korporativ kompyuter tarmog‘i orqali «Elektron pul o‘tkazmalari» (EPU), «Pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati avtomatlashtirilgan tizimi», «Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarini nazorat qilish tizimi», «Pul to‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimi» (PTQQ), «O‘zbektelekom» AK va «O‘zbekenergo» DAK’ning billing avtomatlashtirilgan tizimlariga pochta aloqa obyektlari bog‘lanib, xizmat ko‘rsatib kelmoqda, jumladan:

    • EPU tizimiga jami 1479ta pochta aloqasi obyektlarining ish o‘rinlari bog‘lanib, xizmat ko‘rsatib kelmoqda (2013-yil yakunida 1126ta edi). Shu bilan birga, Jamiyatda gibrid pul o‘tkazmalari tizimi joriy etilgan va ushbu tizim orqali aholiga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, Xalqaro elektron pul o‘tkazmalari xizmatining IFS moliyaviy tizimi orqali Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Moldova, Azarbayjon, Armeniya, Qirg‘iziston davlatlari bilan EPU xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
    • «Pensiya to‘lovlari hisob-kitobi va nazorati avtomatlashtirilgan tizimi»ga 1535ta pochta aloqasi obyektlari bog‘-langan (2013-yil yakunida 883ta edi). Ma’lumot uzatish kanallari bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan 1637ta aloqa bo‘limlari ushbu tizimiga bog‘langan obyektlar orqali kundalik ma’lumotlarni kiritib bormoqda. Qolgan pochta aloqasi bo‘limlarini tizimga bog‘lash ishlari davom ettirilmoqda.
    • Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarini nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimiga 418ta pochta aloqa obyektlari bog‘langan bo‘lib, 186ta tuman-shahar pochta aloqasi tarmoqlarining saralash uchastkalari, «Xalqaro pochtamt» filialining 29ta va «Toshkent pochtamti», Buxoro, Jizzax, Farg‘ona va Xorazm filiallarning 203ta pochta aloqa bo‘limlarining ish o‘rinlari bog‘langan.
    • «Obuna» avtomatlashtirilgan tizimi dasturini zamonaviylashtirish va uni sinov ishlatish ishlari «Toshkent pochtamti» va Toshkent filialining Chirchiq pochta aloqasi tarmog‘iga qarashli 169ta pochta aloqasi obyektlarida olib borilmoqda.
    • «To‘lovlarni qabul qilish avtomatlashtirilgan tizimi»ga bog‘langan 1480ta pochta aloqa obyektlari (2013-yil yakunida 1159ta edi) va «O‘zbekenergo» DAKning billing tizimi o‘rtasida «On-line» rejimida ma’lumotlar alma-shinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, ma’lumot uzatish kanallari bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan aloqa bo‘limlarining ma’lumotlari ham billing tizimiga bog‘langan obyektlar orqali ma’lumotlar bazasiga kiritib borilmoqda.

«O‘zbektelekom» AKning billing tizimiga 164ta pochta aloqa obyektlari bog‘langan. Korporativ kompyuter tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan, EPO‘ va PTQQ tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2375ta (shu jumladan, E-Hujjat tizimida 350ta) elektron raqamli imzo (ERI) kalitlaridan amalda foydalanilmoqda (2013-yil yakunida 2036ta edi). Jamiyatning veb-sayti (www.pochta.uz) orqali pochta sohasiga tegishli ma’lumotlar va yangiliklar bilan tanishish va Jamiyatda ishlatib kelinayotgan 4 ta axborot resurslaridan internet orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan, bular: pochta indekslari; pochta xizmati tariflari; ro‘yxatga olinuvchi xalqaro kiruvchi pochta jo‘natmalari haqida internet orqali ma’lumot olish; ro‘yxatga olinuv-chi kiruvchi va chiquvchi tezkor pochta jo‘natmalari haqida internet orqali ma’lumot olishdir. Saytning «Pochta xizmatidan foydalanuvchilar uchun» deb nomlanuvchi qismida mijozlar uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar va pochta blankalarini to‘ldirish namunalari keltirilgan. Jamiyat xodimlari uchun ichki sayt (www.post.uz) faoliyat ko‘rsatib, korporativ tarmoq orqali bog‘lanib, me’yoriy hujjatlar elektron bazasi, masofadan turib o‘qitish va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

«O‘zbektelekom» AK’ning «O‘zmobayl» va boshqa filiallari bilan hamkorlikda pochta aloqasi obyektlarini 128 Kbit/s. va undan yuqori tezlikni ta’minlovchi kanallar bilan ta’minlash va past tezlikdagi kanallarni almashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Jamiyatning hududiy filiallarida «Aloqabank» OAT va boshqa banklar bilan hamkorlikda o‘rnatilgan 1551ta plastik kartochka terminallari orqali aholiga xizmat ko‘rsatish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

2013-yilning oktabr oyida «Pochta aloqasi bo‘limlarini kompyuterlashtirish orqali avtomatlashtirilgan tizimlarni kengaytirish» loyihasiga binoan sotib olingan 500 dona kompyuter komplektlarining barchasi filiallarga jo‘natildi va ularni pochta aloqasi bo‘limlariga o‘rnatish va ma’lumot uzatish kanallari bilan bog‘lash ishlari yakunlanmoqda. Qishloq joylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishni kengaytirish maqsadida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro ittifoqi tomonidan elektron pul o‘tkazmalari xizmatini joriy etish loyihasi asosida 23ta kompyuter texnikasi 2013-yilda Jamiyatga ajratildi va ular filiallarga jo‘natildi.

Agentlikning 2012-yil 29-martdagi «O‘zbekiston Respubliki Prezidenti 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada joriy qilish va rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi PQ-1730-son Qarori ijrosini ta’minlash haqidagi 99-sonli buyrug‘iga muvofiq «Aloka» kompleks avtomatlashtirilgan tizimiga integratsiyalanuvchi «Pochta aloqasi» AT’ni yaratish va joriy etish ishlari «UZINFOCOM» DUK bilan hamkorlikda olib borildi. Hozirgi kunda «Pochta aloqasi» AT birinchi bosqichi amaliyotga joriy etilgan.

Qo‘mitaning 2013-yil 5-dekabrdagi «Interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona portali orqali jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha o‘z vaqtida va sifatli interaktiv soha xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida»gi 446-sonli buyrug‘iga muvofiq Jamiyat tomonidan tayyorlangan 5ta interaktiv xizmatlarning reglamentlari tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan va Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan holda ishlari «UZINFOCOM» DUK’ga taqdim etildi.

    • «Jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, shikoyatlari va takliflarini qabul qilish va ishlov berish»;
    • «Fuqarolarni qabul qilish kuni, kontaktlar, manzillarni joylashtirish, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ rahbari qabuliga on-layn yozilish»;
    • «Vakant ish o‘rinlarini joylashtirish va ular bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» OAJ’ga tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqish»;
    • «Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalarining avtomatlashtirilgan qidiruvi»;
    • «Toshkent pochtamti» filialida kuryerlik xizmatiga buyurtmalar qabul qilish».

Ushbu xizmatlar bo‘yicha mas’ullar tayyorlandi va ularni amaliyotga topshirish bo‘yicha ishlar «UZINFOCOM» DUK bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Joriy yilda pochta aloqasi obyektlarini avtomatlashtirish uchun 100 dona personal kompyuter komplekti va avtomatlashtirilgan tizimlar ma’lumotlar bazasining eskirgan serverlarini almashtirish uchun 2 dona yangi server sotib olindi. Jamiyatning veb-sayti (www.pochta.uz’ni zamonaviylashtirish va «Internet magazin» dasturini yangilash bo‘yicha ixtisoslashgan firma bilan shartnoma imzolandi. Hozirgi kunda ushbu dastur test sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Jamiyat filiallarida ishlatilayotgan 65ta avtotransport vositalarini GPS tizimiga bog‘lash uchun ke-rakli texnikalar (GPS trekerlar)ni sotib olish bo‘yicha tanlov hujjatlari tayyorlandi va Respublika elektron birjasiga taqdim etildi. «Pochta aloqasi bo‘limlari darajasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va yangi xizmat turlarini rivojlantirish» bo‘yicha solishtirma ma’lumot jadval ko‘rinishida taqdim etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Jamiyatda fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ish yuritish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib borilmoqda. 2014-yil I yarim yilligida 1052 ta holatda fuqarolarning murojaatlari qayd etilgan bo‘lib, Jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan. Shu holatlardan faqat 20tasi asosli murojaatlarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-maydagi PQ-1754 sonli Qaroriga muvofiq tasdiqlangan «2012–2016 yillarda yangi xizmatlarni rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari»ning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida, pochta aloqasi obyektlarida «Paynet» tizimi joriy etilib, 134ta shaxobcha tashkil etildi.

2014-yilning 15-iyun holatiga 31,0 (14,9) mln. so‘m daromad olinib, belgilangan reja 208 foizga hamda kompyuter texnikasi, mobil telefonlar va boshqa texnikalarni tuzatish bo‘yicha 14ta shoxobchasi tashkil etilib, 11,0 (8,6) mln. so‘m daromad olindi va belgilangan reja 129 foizga bajarildi. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ tomonidan 2014-yilning I yarim yilligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, pochta xizmati sifatini oshirish va filiallarning moliyaviy holatini mustahkamlash bo‘yicha ma’lum ishlar amalga oshirilib, rejalashtirilgan 70 772,3 mln. so‘m o‘rniga 73 406,1 mln. so‘mlik daromad olinishi, rejalashtirilgan 3070,5 mln. so‘m sof foyda o‘rniga 3375,5 mln. so‘m sof foyda olinishi kutilmoqda. Hisobot davrida pochta jo‘natmalarini ayirboshlash hajmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan: yuborilayotgan yozma xat-xabarlar 7,3 mln. dona — 100%, posilkalar 47,8 ming dona — 104% va pul jo‘natmalari 474,4 ming dona — 101 foizga bajarilgan. Hisobot davrida debitor qarzdorlik 23 654,0 mln. so‘mni va kreditor qarzdorlik 28 666,0 mln. so‘mni tashkil qilib, muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud emas.

Jamiyat tarkibidagi filiallarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va xizmat sifatini oshirish, pochta aloqasi bo‘limlarini zamonaviy tarzda jihozlash, xizmat ko‘rsatish infratuzilmalarini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish maqsadida raqobat asosida asosiy vositalar, konvertlar, blankalar, otkritkalar sotib olinmoqda. 2014-yil 18-iyun holatiga o‘rtacha ish haqi 498 683 so‘mni tashkil etdi va muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-apreldagi «2013–2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1957-sonli Qaroriga muvofiq tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida, 2014-yil uchun belgilangan reja bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: Qishloq hududlaridagi pochta aloqa bo‘limlarida AKTni joriy etgan holda zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan 44ta pochta aloqa bo‘limlari o‘rniga 441ta pochta aloqa bo‘limlari kompyuter texnikasi bilan ta’minlanib, Jamiyatning korporativ kompyuter tarmog‘iga bog‘landi.

Pochta aloqa obyektlarida sug‘urta xizmatlari
«O‘zbekiston pochtasi» OAJ tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish, mamlakatning chekka hududlarida joylashgan aholini keng qamrovli sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida Jamiyat tarkibidagi filiallar tomonidan «Alskom», «O‘zagrosug‘urta», «O‘zagroinvest», «Kafolat sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlikda sug‘urta polislarni sotuvi tashkil etilgan. Jumladan, 2014-yil 15-iyun holatiga Jamiyat filiallari tomonidan «ALSKOM» SK’ning 154 mln. so‘mlik sug‘urta polislari sotildi.

Elektron tijorat
Jamiyatga mystore.uz va uzbekmarket.uz internet tijorat portallari tomonidan hamkorlikda ishlash bo‘yicha takliflar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish va daromadini oshirish maqsadida, Jamiyat mutaxassislari tomonidan Internetda faoliyat ko‘rsatuvchi elektron tijorat portallari uchun O‘zbekiston bo‘yicha tovarlarni ishlab chiqaruvchidan mijozgacha yetkazib berish yuzasidan masofa va og‘irlikni inobatga olib, tariflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tijorat portallari bilan hamkorlikda tovarni ishlab chiqaruvchi korxonadan qabul qilish, mijozgacha yetkazib berish, tijorat portali tizimi bilan Jamiyat o‘rtasida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinuvi jarayoni va o‘zaro hisob-kitob munosabatlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 2014-yilning I yarim yilligida 91ta davlat bilan xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuvi amalga oshirildi.

Davron Safarov, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Matbuot xizmati boshlig‘i

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq