“O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markasi chiqarilishi
27.07.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

mark_27_07_2014

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2014 yil 16 iyulda “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi Koreya Respublikasining Incheon shahrida bo‘lib o‘tadigan XVII yozgi Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan. Pochta markasida taekvondochilarning olishuv fragmenti tasvirlangan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq.

Pochta markasining o‘lchami 42×30 mm. Adadi 10 ming nusxa.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

mark_27_07_2014_1

1091. “XVII yozgi Osiyo o‘yinlari. Incheon” (taekvondo). Nominali- 1200so‘m. Dizayner — Kaneves E. Manba: www.pochta.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq