“Beeline” Surxondaryoda yangi baza stansiyalarini o‘rnatdi
25.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Surxondaryo viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on shaharlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

beelines_25_07_2014

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov shunday dedi: ““Beeline” Surxondaryoda an’anaviy birinchi raqamli operator bo‘lib qolmoqda, va bu abonentlarimizning bizga bo‘lgan umidlariga yuksak darajada mos tushishga undaydi. Yangi ofislarning ochilishi, xizmat ko‘rsatish darajasining o‘sishi, innovatsion takliflarning joriy qilinishi va tarmoqlarning kengayishi nafaqat hududda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyaning sifatli rivojlanishining yangi istiqbollarini ochadi”.

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Mustaqillik ko‘chasi va Oqqo‘rg‘on, Navbahor, Sho‘rchidagi Yosh-G‘ayrat, shuningdek A.Qoraboyev va Qumqo‘rg‘on mahallalarida signal sifati yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq