2014 yilning birinchi yarmida “Beeline” call-markazi tomonidan 28 milliondan ortiq murojaatlarga xizmat ko‘rsatildi
23.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining yilning birinchi yarmidagi faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda.

“Beeline” call-markazining IVR (Interactive Voice Response) Interaktiv ovozli tizimi tomonidan yilning birinchi yarmida 28 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. Bunda ushbu davrda deyarli 6 mlnga yaqin qo‘ng‘iroqlarga operatorlar tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Shunday qilib, IVR axborot tizimi abonent so‘rovlarining qariyb 79% ining to‘liq ishlovini ta’minladi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Lyudmila Chaykovskaya shunday dedi: “So‘ngi oylar davomida call-markazimizga kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlarning soni ancha kamaydi, va bu abonentlarimizning ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘layotganliklari, va “Beeline” xizmatlaridan qoniqish darajasi o‘sayotganining isbotidir. O‘tgan yilning shu davrga nisbatan bo‘lgan ma’lumotlarni solishtirilganda murojaatlar soni deyarli 30%ga kamaygan. Kompaniyaga bo‘lgan ishonchning shu darajada oshishi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy qilishga undaydi”.

So‘rovlarning mavzusiga kelsak, 2014 yilning birinchi yarimyilligining eng ommabop murojjatlar to‘lov usullari, Internet paketlar va mobil Internet sozlamalari, qo‘shimcha xizmatlar, USSD-kodlar va tarif shartlari haqida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari 0612 tijorat liniyasidan, shuningdek “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz noyob chatdan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, STATUS mijozlariga – 0777 alohida ajratilgan kanali bo‘yicha sutka davomida xizmat ko‘rsatish amal qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq