Andijonda “Beeline” aloqasi kengaymoqda
22.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Andijon viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Andijon, Asaka va Marhamat hududlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Andijon – ko‘p miqdorli yirik korporativ mijozlarga ega istiqbolli hudud. “Beeline” tarmog‘ining muvaffaqiyatli rivojlanishi abonentlarning ishonchini qozongan holda kelajakka dadil nazar bilan qarash imkonini beradi”.

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida viloyat markazidagi Sarvontepa va Aylana ko‘chalarida, Shahroxon tumanidagi Dulan va Xo‘jaobod tumanidagi Dilkushod qishloqlarida va Asaka tumanidagi Durmon qishlog‘ida signal sifati yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq