Hindiston va Tailandda “Beeline” roumingi kengaymoqda
18.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) xalqaro ovozli rouming geografiyasining muvaffaqiyatli kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Endilikda CAMEL-rouming xizmati Tailanddagi “Dtac” va “True Move” (“Real Future”) va Hindistondagi “Reliance” hamkorlik tarmoqlarida amal qiladi.

“Yozgi dam olish chog‘ida yaqin va birodarlar bilan yoqimli taasurotlar va yorqin hissiyotlar bilan bo‘lishish ayniqsa tengsiz, — deya voqeani sharhlaydi “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Ishonaman, Hindiston va Tailand kabi kurort mamlakatlarda roumingning kengayishi abonentlarimiz uchun yaxshi yangilik bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq