Birinchi kunning o‘zidayoq Internet-festivalida ishtirok etish uchun yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi
17.07.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

if_16_07_2014

15-iyul kuni O‘zbekistonda Milliy UZ domeni 2014 Internet-festivali boshlandi. Birinchi kundayoq festivalning rasmiy www.if.uz saytida ishtirok etish uchun yuzdan ortiq ariza qayd etildi, ulardan 85ta sayt festival ishtirokchisiga aylandi.

if_16_07_2014_1

Hozircha nominatsiyalar orasida eng ko‘p ishtirokchiga ega bo‘lganlari – 16tasi maxsus nominatsiya «Yil yangiligi» (Festival yangiligi) va «Davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari eng yaxshi sayti» mavzuli nominatsiyasiga – 15tasi taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, har bir xohlovchi festivalning www.if.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, UZ domenidagi istalgan saytni ishtirok etish uchun taqdim etishi mumkin.

Tanlovda UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan, festival o‘tishi davrida amal qilayotgan sayt ishtirok etishi mumkin. Arizalar 2014-yil 1- sentabrga qadar davom etadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq