Kichik biznesga mansublilik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish
16.07.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Tashkilotingiz kichik biznesga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur bo‘lgan vaziyatlarga duch kelganmisiz? Endilikda, bu savolga Yagona portal orqali javob olishingiz mumkin.

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun Davlat Soliq Qo‘mitasining “Kichik biznesga mansublikni tasdiqlash” yangi xizmati ishga tushirildi va bu xizmat tadbirkorlarga kichik biznes ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma olish imkonini beradi. Ushbu xizmat faqatgina Yagona Portalda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Endilikda ish joyingizni tark etmasdan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq xizmati organlaridan korhonangiz kichik biznesga mansubligi va ishchilar soni haqida ma’lumotnoma olishingiz va uni chop etishingiz mumkin.

Ushbu xizmat barcha yuridik shaxslar uchun bepul.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq