“Beeline” Farg‘ona va Qo‘qonda yangi baza stansiyalarini o‘rnatdi
16.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Farg‘ona viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Fargòna va Qo‘qonda yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov shunday dedi: “Vodiy “Beeline” uchun – ko‘p sonli abonentlari va rivojlangan tarmog‘i bilan strategik joydir: masalan, aloqaning uchinchi avlodi innovatsion texnologiyasi o‘sha paytda poytaxtdan so‘ng birinchi bo‘lib vodiyda joriy qilingan. Yilning ikkinchi yarmida ham yangi uskunalarni ishga tushirish rejalashtirilgan, shuning uchun mijozlarimizning ishonchi va yuksak umidlarini oqlash niyatidamiz”.

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Farg‘ona ko‘chalarida va Abdulla Qodiriy viloyat markazida, Qo‘qondagi Yangi Chorsu, Farobiy va Movarounnaxr ko‘chalarida signal sifati yaxshilandi. Yangi baza stansiyalari Chimion, Xonqiz va Quduqlik qishloqlarida ham yuksak darajali signal sifatini ta‘minladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq