“Beeline” “Ishonchli to‘lov” miqdorini oshirmoqda
15.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Ishonchli to‘lov” miqdorini oshirgani haqida xabar beradi. 21 iyuldan boshlab abonentlar $5gacha qarz olishlari mumkin.

“Kutilmagan holda hisobda mablag‘ tugasa, abonentlarimizga yaqin oradagi to‘lov shaxobchasini qidirishning xojat yo‘q, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov. — Uyali telefonlaridan *141# kodini terib hisoblariga kelgusi to‘lov uchun pul olishlari kifoya. Endi bu yanada ko‘proq mablag‘: “Beeline” mijozlariga ishonadi va ularning qulayliklari haqida qayg‘uradi”.

Amalga oshirilgan so‘rov uchun xizmat haqi $0,2ni tashkil qiladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq