“Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovining sovrini o‘z egasini topdi
14.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK)Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Jahon Chempionati mobaynida bo‘lib o‘tgan “Zo‘r-Zo‘r Cup” super tanlovining yakunlarini sarhisob qilmoqda.

12 iyundan 13 iyulga qadar internet-foydalanuvchilar orasidagi faol ishqibozlar Jahon Kubogi o‘yinlarining hisobini topishga harakat qilishdi. To‘g‘ri javoblar uchun ularga sovrinli ballar berildi, ularning qo‘shilishi natijasida Alisher Zairov g‘olib bo‘ldi.

“Bir oy davomida “Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovida minglab foydalanuvchilar ishtirok etishdi, “Beeline”ning mutaxassislari esa natijalarni hisoblab va deyarli har kunlik reytingni yaratib ulkan ishni amalga oshirdilar, – dedi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. – Eng asosiy vazifa — tanlovning butunlay ochiq-oydinligini ta‘minlash uddalandi. G‘oliblarning chin ko‘ngildan tabriklaymiz va ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarimizni yana ko‘p sovrinli interaktiv loyihalar kutishiga va’da beramiz”.

“Zo‘r-Zo‘r Cup” tanlovining g‘olibini asosiy sovrin — Samsung Galaxy S III mini smartfoni kutmoqda. Ikkinchi o‘rinni egallagan ishtirokchi – Yan Sadovskiy 3G Wi-Fi routerni qo‘lga kiritadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishgan Erkin Kutupov va Shavkat Suxanov – USB-modemlarni qo‘lga kiritadilar.

Tafsilotlar http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq