“Uchinchi avlod-2014” dasturi ishtirokchilari “Beeline”da amaliyot o‘tashni boshladilar
11.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Uchinchi avlod-2014” dasturi qatnashchilarining amaliyoti boshlanganligi haqida xabar beradi. Bu yili 16 nafar amaliyotchi tijorat, IT-direktsiya va kompaniyaning Sharqiy hududiy filialiga (Andijon sh.) qabul qilindi.

beeline_11_07_2014

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: ““Uchinchi avlod” dasturi davom etmoqda – mana olti yil mobaynida “Beeline” iqtidorli yigit-qizlarga yirik halqaro kompaniyada muvaffaqiyatga erishish imkonini bermoqda. Biz O‘zbekiston yoshlarining imkoniyatlariga ishonamiz, ijodkor va tashabbuskor yoshlar uchun bizning yosh guruhimizda doimo joy bor. Ishonaman, ularni yorqin kelajak kutmoqda!”

“Uchinchi avlod” dasturi “Bilayn”da ilk bor besh yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘rta muddatli istiqbolda axborot mahsulotlari va texnologiyalarini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida ishga tushirilgan. Loyihaning maqsadi kompanida amaliyot o‘tash hamda keyinchalik ishga qabul qilish uchun eng yaxshi talabalarni saralash, shuningdek alohida murakkab bo‘sh ish o‘rinlari uchun kasbiy zaxirani shaklantirishdan iborat.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq