Teletomoshabinlarda Uzreport TV‘dan planshet yutib olish imkoniyati hali ham mavjud
10.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

UzReport TV telekanali va eng yirik aloqa operatori Beeline (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Biz futbol ishqibozimiz” loyihasi doirasida so‘ngi tanlov ishlarini qabul qilishmoqda. Futbol bo‘yicha Jahon kubogi mavzusidagi qiziqarli videotasmalarni tomoshabinlar fifa2014@uzreport.com manzili bo‘yicha yuborishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva shunday dedi: “Barcha kelib tushgan videotasmalar bizni o‘zining noyobligi va haqiqiy sport g‘ayrati bilan quvontirmoqda. So‘ngi play-off o‘yinlari yanada yorqin va qiziqarli ishlarga ilhomlantiradi deb umid qilamiz. Hali baholashni boshlamadik, shuning uchun smartfon yoki planshet yutib olish imkoni barchada mavjud!”

beeline_13_06_2014_2

Eng yaxshi ishlarning uch muallifi tanlov tashkilotchilari tomonidan 2014 yilning 20 iyuliga qadar aniqlanadi, va tomoshabinlar e’tiboridan tashqari qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritishadi:

  • I o‘rin –Samsung Galaxy Note 10.1 plansheti
  • II o‘rin –Samsung Galaxy SIII mini smartfoni
  • III o‘rin – 3G Wi-Fi-router

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Jahon Chempionati paytida qanday qilib futbolga ishqibozlik qilingani haqida qiziqarli videotasmani suratga olish kerak. Yorqin hissiyotlar, ishqibozlikning noyob turlari, sevimli jamoani madh qiluvchi she’r va qo‘shiqlar, noyob montaj va effektlar – bularning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi! Bir daqiqadan oshiq bo‘lmagan tayyor videotasmani istalgan video-serverlardan biriga joylashtirish, undan olingan havolani esa o‘z ismi, shaxsiy ma’lumotlari va “Tanlovga ariza” belgisi bilan fifa2014@uzreport.com manzili bo‘yicha yuborish zarur. Tanlov uchun arizalar – 2014 yilning 12 iyunidan 15 iyuliga qadar qabul qilinadi. Tanlovga faqat mualliflik ishlari qabul qilinadi.

Tafsilotlar http://uzreport.uz/fifa2014 saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq