“Beeline” Surxondaryo viloyatida tarmoqni kengaytirmoqda
09.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Surxondaryo viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Denov hududida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning Janubiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov shunday dedi: “Surxondaryo viloyatida “Beeline” rivojlantirish dasturi tez va muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Viloyatning yanada ko‘proq aholisiga kompaniyaning innovatsion xizmatlaridan foydalanish imkonini berish uchun yil so‘ngiga qadar tarmoq qoplami va hajmni oshirishni rejalashtirmoqdamiz”.

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Qorabog‘tepa, Yangi Xazarbog‘ va Navro‘z maxallalarida, shuningdek Ostonokulov va Sh. Rashidov ko‘chalarida signal sifati yaxshilandi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq