“Beeline O‘zbekiston” sahifalaridagi 650 000 foydalanuvchilardan birortasi ham Braziliya – Olmoniya o‘yinining hisobini topa olishmadi
09.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “Facebook” va “Odnoklassniki” tarmoglaridagi korporativ sahifalarida futbol bo‘yicha jahon birinchiligiga bag‘ishlangan “Zo‘r-Zo‘r Cup” va “Ajoyib futbol” tanlovlarining navbatdagi yakunlarini sarhisob qilmoqda. Futbol bo‘yicha Jahon chempionati – 2014 mobaynida ilk bor bironta ham ishtirokchi hisobni topa olmadi.

“Bu Jahon kubogining eng kutilmagan natijasi bo‘ldi, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. – 1:7 hisobni foydalanuvchilarimizdan hech biri tahmin qila olmadi, chunki braziliyaliklar o‘z maydonida o‘ynaganlarini hisobga olgan holda ko‘pchilik barobar o‘yinni kutgan edi. Musobaqalar boshlanganidan beri ilk bor ishtirokchilar reytingiga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmadi”.

beeline_9_07_2014

Eslatib o‘tamiz, mundialning birinchi kunidan boshlab “Beeline O‘zbekiston”ning “Facebook” va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlarida sovrinli tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda, ularning doirasida foydalanuvchilarga navbatdagi o‘yinning hisobini topish taklif qilinadi. O‘zbekistonning eng yirik aloqa operatorining mazkur ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarining soni 650 000 kishidan ortiq.

beeline_9_07_2014_1

Tafsilotlar www.facebook.com/beeline.uz va www.ok.ru/beeline.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq