CLICK tizimida tabiiy gaz uchun to‘lovlar oshirish imkoni ishga tushirildi!
08.07.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida tabiiy gaz uchun bo‘lgan to‘lovlarni muvaffaqiyatli ishga tushurilishini xabar qiladi.

“O‘zbekneftegaz” MKX’ga kiruvchi “O‘ztransgaz” AK’ning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan “G‘arbgazta’minot” UK bilan kelishilgan hamkorlik yuzasidan CLICK tizimi orqali Buxoro va Navoiy viloyatlarida aholidan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni oshirish imkoniyati yaratilganini mamnuniyat bilan xabar qilmoqdamiz.

Tabiiy gaz uchun to‘lovlarni oshirish imkoni energiya resurslari uchun to‘lanayotgan to‘lovlarning tezkorligini va kommunal xizmatlarni ko‘rsatayotgan ushbu kompaniyaning samaradorligini oshirishga ham imkoniyat ochmoqda. Shu bilan birga, CLICK foydalanuvchilariga ushbu kommunal xizmat uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun tezkor, qulay va sifatli uslub yaratildi.

“G‘arbgazta’minot kompaniyasini CLICK tizimidagi hamkorlarimiz safiga qo‘shilganiga juda xursandmiz. Negaki, foydalanuvchilarimiz tomonidan katta talabga ega bo‘lgan kommunal xizmatlarga to‘lovlar oshirish imkoniyatlarini oshirish bizning ustuvor yo‘nalishlarimizdan biridir. “O‘zbekneftegaz” MKX kabi yirik hamkorning o‘z tarkibiy bo‘linmalari orqali tizimimizga qo‘shilishi mobil banking tizimimizga davlat kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan ishonchni yana bir bor tasdiqlaydi”, – deb ta’kidladi, CLICK kompaniyasining direktori Ulug‘bek Rustamov.

Аhоli tomonidan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni oshirish imkoniyati CLICK kompaniyasida qabul qilingan va tizim foydalanuvchilarga har kundagi to‘lovlarni oshirishda maksimal imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan kompaniya strategiyasi doirasida yaratildi.

To‘lovlarni CLICK tizimiga ulangan mobil telefondan *880# USSD-so‘rovni yuborish bilan amalga oshirish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, tizimdan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va mobil telefonga qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab qilinmaydi.

Shu bilan birga, to‘lovlar my.click.uz va m.click.uz saytlarda joylashgan “Shaxsiy kabinet” orqali ham o‘tkazilishlari mumkin. Smartfon egalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish va so‘rovlarga yanada tezroq ishlov berish maqsadida CLICK kompaniyasi o‘z hamkorlari bilan birgalikda Android va iOS operatsion tizimlar uchun mahsus ilovalar ishlab chiqargan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq