Ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalari o‘tishini monitoring qilish avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirilishi haqida
07.07.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

pochta_7_07_2014

Umumjaxon pochta ittifoqi Konventsiyasi talablarini bajarish va «Xalqaro pochtamt» filiali bilan filiallarning pochta almashish punktlari va pochta aloqasi tarmoqlarining saralash uchastkalari (PATSU) o‘rtasida o‘zaro ishlash tezkorligini oshirish maqsadida 2006 yilda shtrix kod asosida halqaro kiruvchi posilkalar o‘tishini monitoring qilish avtomatlashtirilgan tizimining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi.

Tizim, «O‘zbekiston pochtasi» OAJning veb-sayti (www.pochta.uz) orqali adresat (adresant)ga jo‘natmaning o‘tishi haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

pochta_7_07_2014_1

2011 yilning sentyabr oyida ro‘yxatga olinuvchi pochta jo‘natmalari o‘tishi manitoringi avtomatlashtirilgan tizimi (ROPJMAT)ning ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi. Tizimga «Xalqaro pochtamt» filialining, 15ta pochta almashuv punktlarining, shuningdek 173ta – PATSU va 13ta filial ishlab chiqarish uchastkalarining avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) bog’langan. Xozirgi kunda tizimga 385 pochta aloqasi ob’ektlarining 418ta AIJlari bog’langan (2013 yil yakunida, 356 pochta aloqasi ob’ektlarining 389ta AIJ ulangan).

Umumjaxon pochta ittifoqining PNG tizimi orqali dunyoning 17 davlatlari (sh.j. Germaniya, Belgiya, Eron, Rossiya va Amerika va b.sh.o‘.) bilan ROPJMAT va unga o‘xshash tizimlar o‘rtasida elekron axborotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Boshqa xorijiy davlatlarning pochta operatorlari bilan ham shunday aloqalarni yo‘lga qo‘yish ishlari davom ettirilmoqda.

Ushbu tizim pochta aloqasi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan birga pochta mijozlariga Jamiyatning veb-sayti (www.pochta.uz) orqali jo‘natmaning xos raqami bo‘yicha xalqaro va respublikaichi jo‘natmasining o‘tishi va etkazilishi haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Jo‘natma haqida ma’lumot olish uchun, yuboruvchi veb-saytning «Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalarini qidirish» qismidagi belgilangan maydonchasiga jo‘natmaning raqamini kiritadi va jo‘natilgan yoki kirib kelayotgan jo‘natmaning turgan joyi yoki etkazilganligi haqidagi axborotni oladi.

Bunda, jo‘natma haqidagi aniq ma’lumotni, pochta operatorlarining qidiruv tizimlarida jo‘natma jismonan qabul qilingani va ro‘yxatga olingani aks ettirilganidan so‘ng olish mumkin bo‘ladi.

Pochta aloqasi bo‘limlarining ROPJMATga bog‘lanishi ish unumdorligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash, hamda pochta jo‘natmalarining belgilangan manzillarga etkazilishini nazorat qilish imkoniyatini yaratadi.

Jamiyatning hududiy filiallarida qolgan pochta aloqasi bo‘limlarining avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini bosqichma-bosqich ROPJMATga bog‘lash ishlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq