“Beeline” “SMS non-stop” xizmatini yanada ko‘proq muloqot uchun yaxshilantirdi
04.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) abonentlar uchun “SMS non-stop” xizmatining shartlari yaxshilanganligi haqida habar beradi. Endi mazkur xizmatda kunlik bepul SMS‘lar miqdori 200tagacha oshdi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar hizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “On-line muloqot uchun ommabop messangerlar paydo bo‘lib innovatsion dunyo oldinga ulkan qadam qo‘yishiga qaramay, “SMS non-stop” xizmatimiz “Beeline” abonentlari uchun avvaldagi kabi ommabop. Bepul SMS‘lar miqdorining oshishi esa – ular uchun navbatdagi sovg‘a”.

“SMS non-stop” xizmatiga ulanish – bepul. Kunlik abonent to‘lovi— $0,20. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq