O‘lchov vositalarining davlat metrologik tekshiruvini o‘tkazishga ariza berish
03.07.2014
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulaylik yaratish, xususan o‘lchov vositalarini davlat metrologik tekshiruvini o‘tkazish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida “O‘lchov vositalarining davlat metrologik tekshiruvini o‘tkazishga ariza berish” xizmati joriy etildi.

Endilikda, mazkur xizmatdan foydalangan xolda, aholi va tadbirkorlik subyektlari, tasarruflarida bo‘lgan o‘lchov uskunalarini, shu jumladan gaz, elektr energiyasi, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazishga arizani Yagona portal orqali berishlari mumkin.

Ariza taqdim etilganidan keyin 24 soat ichida (ish kunlarida), ariza beruvchining Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga, metrologik tekshiruvini o‘tkazishga shartnoma va o‘lchov vositasini topshirish manzili va vaqti haqida ma’lumot keladi.

Arizalar, “O‘zstandart” Agentligida o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan, metrologik xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga tushadi, va metrologik tekshiruv o‘tkazish natijalari bo‘yicha, bu haqida arizachiga tegishli sertifikat raqami yoki o‘lchov vositasi yaroqsizligi haqida dalolatnoma yo‘llanadi. Yagona portalda joriy etilgan markazlashgan monitoring va nazorat tizimi, arizalarni qabul qilish va ular asosida xizmatlar ko‘rsatish tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta‘minlashga xizmat qiladi. Ko‘rsatilgan xizmat sifatini arizachilar tomonidan baholash imkoniyati borligi, metrologik xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur xizmat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriijrosini ta’minlash doirasida joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq