Кronik Internetni qutqarmoqda
02.07.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

kron_2_07_2014

ZiyoNET portalida CronForge kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Кronik sarguzashtlari” nomli yangi o‘yin taqdim etildi. O‘yin jarayoni juda ham qiziqarli bo‘lib, shaharda Internet yo‘qolib qoladi. O‘yinchi Kronik yordamida modem qismlarini yig‘ishi kerak, buning uchun u turli to‘siqlardan o‘tishi, yugurishi va xavfli jonivorlarga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi.

O‘yin tasnifi

Shahardagi internet qaergadir yo‘qoldi. Bu daxshatli jinoyatni qaysi yaramas amalga oshirgan ekan? Kim bizga yordam beradi? O‘yinchi Kronik o‘rnida o‘ynashi lozim. Maqsad har bir bosqichda modemning yo‘qolgan qismlarini terib, keyin esa, shahar ahli uchun internetni sozlab berish kerak. Kronik yordamga shoshilmoqda. U adolatni tiklab, xonadoningizga internetni qaytarib beradi. Kronik sarguzashtlari boshlanmoqda!

kron_2_07_2014_1

O‘yin barcha yoshdagi o‘yinchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, kichik yoshdagi foydalanuvchilarga shoshqaloq odamchani boshqarish osonroq deb hisoblaymiz.

O‘yinni avtorizatsiyadan o‘tmasdan o‘ynash mumkin, lekin avtorizatsiyadan o‘tib o‘ynasangiz o‘yinchilarning umumiy reytingida ishtirok etasiz.

Portaldagi o‘yinlarning umumiy soni 410taga yetdi, ulardan 379tasi O‘zbekistondagi Britaniya kengashi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, qolgan barcha o‘yinlar ZiyoNET Resurs markazi hamkorligida Cron Forge kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va o‘zbek tilidagi talqinga ega.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq