“Beeline”abonentlarga “Smart Home” tizimi bilan jihozlangan yangi honadonlarni sovg‘a qiladi
02.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) kompaniyaning 8 yilligi munosabati bilan “Innovatsiya” superaksiyasi boshlanganligi haqida e’lon qiladi. Yil so‘ngiga qadar har bir abonentda aksiyada ishtirok etib yirik pul mukofotlari, shuningdek har oy 6 innovatsion honadonlardan birini yutib olish imkoniyati bor.

“Bu aksiyani O‘zbekistonda yagona deb aniq aytish mumkin, – voqeani sharhlaydi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Ilk bor kompaniya abonentlari qoshimcha harakatlarsiz innovatsion uyning egasiga aylanishlari mumkin. Bundan tashqari o‘yin shartlari an‘anaviy ravishda ochiq-oydin, g‘olib bo‘lish imkoni esa barchada teng”.

Har oylik supersovrinlar o’yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga xaftasiga $2,5dan ziyod mablag’ sarflab (dushanbadan yakshanbagacha) “Beeline”ning faol abonenti bo’lish lozim. Status turkumidagi tarif rejalar abonentlari “Innovatsiya” aksiyasida avtomatik ishtirok etadi.

O‘yin 2014 yilning avgust oyidan boshlab har oy jonli televizion efirda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar oshkora ravishda jonli efirga qo’ng’iroq qilib tushgan abonentlarning tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi. Qo‘ng‘iroq qilgan abonent va boshlovchi orasidagi muloqot jonli efirda hay’at guruhi ishtirokida ro‘y beradi.

Raqamlar kompyuter dasturida aytib o‘tilgan tartib bo‘yicha o‘ngdan chapga kiritiladi:

  • 5 raqam mos tushganida abonent 1 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • 6 raqam mos tushganida abonent 2 000 000 so‘m sovrinni qo‘lga kiritadi
  • Barcha 7 raqami mos tushgan abonent o‘z shahrida joylashgan xonadon egasiga aylanadi.

“Innovatsiya” aksiyasi 2014 yilning 30 iyunidan 27 dekabriga qadar o‘tkaziladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq