Beeline Club Facebookda JCh yarimfinal musobaqalarini tomosha qilish uchun stollar yutib olish tanlovini o‘tkazmoqda
02.07.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) 9 va 10 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatining yarimfinalining ikki musobaqasini tomosha qilish uchun “Na Nebe” va “Bavaria Plaza” restoranida stollar yutib olish tanlovi haqida e’lon qiladi. Tanlov Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Beeline Club” sahifasida ushbu havola orqali bo‘lib o‘tmoqda https://www.facebook.com/beelineclub/.

“Bu “Beeline”ning Futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga bag‘ishlangan birinchi tanlovi emas, lekin uning shartlari avvaldagi kabi ochiq-oydin, — deydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. — Abonentlarimizga navbatdagi bor sevimli jamoalarini qo‘llab-quvvatlagan holda g‘olib bo‘lish imkoniyati berilmoqda”.

“Beeline” o‘yinida — 9 va 10 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkita 1/2 final musobaqalari. Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasining ishtirokchilari tanlov posti ostida “Biz (jamoa nomi) ishqibozlik qilamiz” yozuvli rasm joylashtirishlari zarur. Rasmda ishtirokchining o‘zi va uning do‘stlari, shuningdek ular ishqibozlik qilayotgan komandaning belgisi aks ettirilgan bo‘lishi kerak. 8 iyul kuni soat 12:00gacha o‘z rasmlari ostida eng ko‘p “Like” belgisini to‘plagan ikki ishtirokchi g‘olib deb e’lon qilinadi. Ular “Na Nebe” va “Bavaria Plaza” restoranlarida futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining ½ finalini tomosha qilish uchun stol yutib oladilar. Ikki g‘olibning ismlari 8 iyul kuni soat 13:00da e’lon qilinadi.

Tafsilotlar https://www.facebook.com/beelineclub saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq