“Biz futbol ishqibozimiz!” tanloviga o‘nlab videotasmalar topshirildi
30.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

UzReport TV telekanali va eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Braziliyadagi FIFA-2014 Jahon Kubogi doirasida “Biz futbol ishqibozimiz” havaskor videotasmalar tanlovining oraliq natijalarini sarhisob qilmoqda. 13 iyundan boshlab fifa2014@uzreport.com manziliga mazkur dunyo birinchiligi mavzusida o‘nlab qiziqarli videolar kelib tushdi.

Voqeani sharhlar ekan, UzReport TV telekanalining bosh muharriri Dilshod Sultonov shunday dedi: “Teletomoshabinlarimizning faolligi bizni hursand qildi, ayniqsa ularning ijodiy yondoshishlari. Biz tomosha qilgan tasmalar o‘zlarining pozitivligi va kreativligi bilan ajralib turadi: futbol mavzusi o‘zi juda qiziqarli, uni ishqibozlar nazari orqali ko‘rish esa undan ham qiziqarli”.

Tanlov videotasmalaridan eng qiziqarlilari futbol bo‘yicha Jahon Chempionati mobaynida doimiy ravishda UzReport TV telekanalining efirida namoyish etilmoqda.

beeline_30_06_2014_2

Eng yaxshi ishlarning mualliflari tanlov tashkilotchilari tomonidan 2014 yilning 20 iyuliga qadar aniqlanadi, va tomoshabinlar e’tiboridan tashqari qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritishadi:

  • I o‘rin –Samsung Galaxy Note 10.1 plansheti
  • II o‘rin –Samsung Galaxy SIII mini smartfoni
  • III o‘rin – 3G Wi-Fi-router

“UzReport TV tanlovi va “Futbol raqamlarda” analitik ko‘rsatuvi – O‘zbekistondagi eng yorqin va muvaffaqiyatli futbol loyihalaridan biridir, – deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov. – Chempionat va tanlovning noyob shartlari tufayli unga keng auditoriyali tomoshabinlarning diqqat-e’tibori qaratilgan, va bu yangi ishqibozlarni tanlovda ishtirok etishga tortadi”.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Jahon Chempionati paytida qanday qilib futbolga ishqibozlik qilingani haqida qiziqarli videotasmani suratga olish kerak. Yorqin hissiyotlar, ishqibozlikning noyob turlari, sevimli jamoani madh qiluvchi she’r va qo‘shiqlar, noyob montaj va effektlar – bularning barchasi qo‘llab-quvvatlanadi! Bir daqiqadan oshiq bo‘lmagan tayyor videotasmani istalgan video-serverlardan biriga joylashtirish, undan olingan havolani esa o‘z ismi, shaxsiy ma’lumotlari va “Tanlovga ariza” belgisi bilan fifa2014@uzreport.com manzili bo‘yicha yuborish zarur. Tanlov uchun arizalar – 2014 yilning 12 iyunidan 15 iyuligacha qabul qilinadi. Tanlovga faqat mualliflik ishlar qabul qilinadi.

Tafsilotlar http://uzreport.uz/fifa2014 saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq