UBS analitiklari Apple iWatch aqlli soatlarning taxminiy narxini ma’lum qildilar va mazkur qurilmaning savdosi haqida fikr bildirdilar
29.06.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

UBS investitsion kompaniyasi analitiklari fikriga qaraganda, Apple iWatch aqlli soatlar navbatdagi sov-shuvli mahsulot bo‘ladi. Qurilma 2015-yilga qadar jami 21 mln. dona, kelasi yilda esa — 36 mln. dona hajmda savdoga chiqariladi.

watch_29_06_2014_2

UBS ekspertlari Apple iWatch aqlli soatlari chakana savdoda taxminan $300 bo‘lishini ma’lum qildilar. Savdo boshida rentabellik deyarli 25%, savdo hajmi 30 foizgacha o‘sishi kutilmoqda. iWatchning Apple mahsulotlari ko‘p turlari bilan paydo bo‘lishi kompaniya aksiyalari narxinining oshishiga sabab bo‘ladi.

Agar kompaniya daromadlari haqida fikr yuritilsa, UBS’da taxmin qilishlaricha, iWatch savdosi Applega 2015-yilda 6,5 mlrd. dollar, 2016-yilda esa —11 mlrd. dollar olib kelishi kutilmoqda. Analitiklar iWatch soatlari savdoning boshlang‘ich bosqichida o‘sish iPad planshetlari savdosidagi o‘sishga o‘xshash bo‘lishini ma’lum qilmoqdalar. Ularning fikricha, soatlar savdosi yaxshi bo‘lishi zarur, sababi Apple hozirda katta foydalanuvchilar bazasiga ega, soatlar narxi esa planshetga nisbatan ancha arzon. Faqat iste’molchilarning olib yuriluvchi elektronikaga munosabatlari noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Manba: www.appleinsider.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq