Tetris o‘zining 30 yilligini nishonlamoqda
29.06.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

30 yil avval Tetris rossiyalik olim Aleksey Pajitnov tomonidan yaratilgan, mazkur o‘yinning dastlabki versiyasini Elektronika 60 qurilmasida sinab ko‘rish mumkin edi.

tetris_29_06_2014_2

O‘yin 1985-yilda IBM PCga o‘tkazildi, Rossiyada u katta muvaffaqiyatga erishdi va shundan keyin Tetris AQSH, Yevropa shaxsiy kompyuterlariga ham kiritildi. Oddiy arkada sifatida yaratilgan o‘yin zamonaviy o‘yinlar industriyasiga asos bo‘ldi. O‘yinning dastlabki tijorat versiyasi 1998-yilda SHK va NES’ga kiritildi, o‘shanda savdosi jadal bo‘lib, 2 million nusxada sotilgandi. O‘yinning tijorat versiyasini Xenk Rodjers yo‘lga qo‘ydi. O‘yin chiqarilgan vaqtidan 30 yil o‘tdi va bu davr mobaynida jahonda eng ommaviy o‘yinga aylandi. Tetrisni deyarli ishtalgan platformaga o‘rnatish mumkin, hozirgi vaqtda mobil qurilmalarida ham ommaviylashgan.

tetris_29_06_2014_3

Bundan tashqari, Tetrisni kompyuterlarda o‘yinli konsollarda, mobil va planshet qurilmalarida, ijtimoiy tarmoqlarda onlayn tarzda o‘ynalishi mumkin. Geymerlar mobil qurilmalarida Tetrisni 425 million marta, Feysbukda 20 milliarddan ortiq marta yuklab olganlar. Jahondagi eng ommaviy o‘yin haqida batafsil ma’lumotlar va qiziqarli faktlarni bilishni istaganlar rasmiy saytga murojaat etishlari mumkin.

Manba: www.tetris.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq