Tadbirkorlar huquqlari buzilishi holatlari bo‘yicha adliya organlariga shikoyat yo‘llashlari mumkin bo‘ldi
29.06.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, tadbirkorlik sub‘ektlariga o‘z ish joylaridan Yagona portal orqali Adliya organlariga Yagona portal orqali interaktiv shaklda shikoyat yo‘llash imkoni yaratildi.

Mazkur xizmat joylardagi ayrim rahbar va mas‘ul xodimlar tomonidan hanuzgacha tadbirkorlik sub‘ektlariga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lish singari salbiy holatlar, xususan, ortiqcha hujjatlarning talab etilishi, tadbirkorlik sub‘ektlarini majburiy mehnat resurslariga hamda homiylikka jalb etish bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan.

Endilikda, yuqorida sanab o‘tilgan holatlar yuzasidan qonunbuzarliklar sodir etilganda tadbirkorlik sub‘ektlari o‘z ish joylaridan Adliya organlariga Yagona portal orqali interaktiv shaklda shikoyat yo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar. Shu bilan birgalikda, shikoyatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish markazlashtirilgan holda amalga oshirilmoqda. Shuningdek tadbirkorlar shikoyatni ko‘rib chiqish, sifatini baholash, o‘zlarining fikr-mulohazalarini qoldirish imkoniga egadirlar. Bildirilgan fikr-mulohazalar shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatini takomillashtirishga, shuningdek murojaatlarni ko‘rib chiqishga loqaydlik bilan yondashgan mas‘ul xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan.

Shikoyatlar Yagona portalning Call-center xizmatining «1060» qisqa raqamlari orqali ham yo’llanishi mumkin.

Eslatib o‘tamizki, ayni paytda Yagona portalda tadbirkorlik sub‘ektlari uchun tadbirkorlik sub‘ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, Bosh Vazir nomiga murojaat yo‘llash, soliq idoralari tomonidan beriladigan elektron raqamli imzodan foydalangan holda Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish hamda moliya muassasalariga kredit olish uchun ariza berish kabi bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq