Sony televizorlari savdosi 30 foizga oshdi
29.06.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Braziliyada futbol bo‘yicha jahon Chempionati televizorlarga talabni oshirdi. Sony kompaniyasida ikki yildan buyon kuzatilmagan holat, ya’ni mazkur qurilmalarning savdosi 30 foizga oshdi.

sony_29_06_2014

Bloomberg agentligi va IDC analitiklari ma’lumotlariga ko‘ra 2014-yilning birinchi choragida Sony televizorlar savdosidan $2,15 mlrd. foyda olgan, o‘tgan yilgi daromadi $1,65 mlrd. edi. Undan ko‘proq daromad Samsung Electronicsda qayd etilgan bo‘lib, $9 mlrd.ni tashkil etadi. Ularning ketidan LG Electronics va TCL yetakchilik qilmoqda. Mazkur kompaniyalar ko‘rsatkichlari keltirilmagan.

Yaqinda Sony bosh direktori Kazuo Xirai (Kazuo Hirai) shuni ma’lum qildiki, 2015-yil mart oyiga qadar davom etadigan moliyaviy yilda kompaniyaning televizorlar biznesi so‘nggi 11 yil mobaynida yana daromadli faoliyat yuritishi mumkin. Sony 16 mln. SK-televizorlar sotishni mo‘ljallagan. Hatto agar 13,5 mln. dona qurilma sotilganda ham (o‘tgan yildagi kabi) zarar ko‘rilmaydi, deb va’da berdi top-menejer. Uning so‘zlariga qaraganda, Sony yaqinda alohida Sony Visual Products — firmasiga o‘tkaziladigan televizorlar biznesidan voz kechish niyatida emas. O‘tgan moliyaviy yilda Sony 41,5 mlrd. foyda o‘rniga 128,37 mlrd. ien (deyarli $1,26 mlrd,) zarar ko‘rgandi. Bu yil Yaponiya korporatsiyasi navbatdagi — 50 mlrd. ien (deyarli $490 mln.) miqdorda zararga duch keldi.

Manba: www.bloomberg.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq