Samsung 22 yillik DRAM-xotira bozorida yetakchilikka erishdi
29.06.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

dram_29_06_2014

Samsung kompaniyasini maishiy texnika, televizorlar va smartfonlar ishlab chiqarishda jahonda yirik ishlab chiqaruvchi sifatida bilamiz. Bundan tashqari, 1992-yildan boshlab Samsung Electronics Janubiy Koreya korporatsiyasi dinamik operativ xotira (Dynamic Random Access Memory, DRAM) chiplari bozorida ham yetakchi bo‘lib oldi. Ikkinchi o‘rin uchun SK hynix va Micron kompaniyalari raqobatlashmoqda.

IHS iSuppli analitiklari ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning birinchi choragida DRAM-xotira savdosidan Samsung $3,7 mlrd. foyda olgan, bu bozor ulushidan 37,2 foizni tashkil etadi. Uning ketidan Janubiy Koreyalik boshqa vendor — SK hynix bormoqda. 2014-yilning birinchi choragida DRAM-xotira uchun $2,79 mlrd., Micron esa $2,73 mlrd. foyda olganlar. Biroz avval Amerika ishlab chiqaruvchilari oldinda edi.

Yanvar–mart oylari natijalariga ko‘ra jahon bozorida operativ xotira mikrosxemalari bo‘yicha SK hynix ulushi 27,8 foizni, Micron ulushi — 26,7 foizni tashkil etdi. Uchta yirik ishlab chiqaruvchilar 90 % chip savdosini nazorat qilmoqdalar. DRAMeXchange ma’lumotlariga asosan birinchi kalendar yili boshida, 26% aktiv ulushga ega bo‘lgan, mobil DRAM-xotirasi Micron segmentida SK hynixga nisbatan bir bandga ilgarilamoqda. Bu yerda Samsung 46% natija bilan yetakchilik qilmoqda. 2014-yilda global bozorda DRAM-xotira chiplari hajmi o‘tgan yilga nisbatan uch marta ko‘p bo‘lib, $45,9 mlrd.ni tashkil etadi. Analitiklar ishlab chiqarish barqaror bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar xarajati qisqarishini kutmoqdalar.

Manba: http://english.yonhapnews.co.kr

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq