Qiziqarli FAKTlar
29.06.2014
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni bayon etishda davom etamiz. Mazkur sahifamiz Google Play va App Store haqida.

«Android yoki iOS platformalari uchun Google Play mobil ilovasini bepul yuklab yoki sotib olish mumkin» degan iborasini ko‘p eshitamiz. Bugungi kunda jahonning 130dan ortiq mamlakatlarida iste’molchilar uchun har ikki platformalar uchun yuz ming, balki millionlab mobil dasturli ilovalar bepul, shuningdek, pullik holda ham taqdim etiladi. Google Play va App Store (internet do‘konlari) servislarining mohiyati shundaki, har qanday mamlakat dastur ishlab chiquvchilari sotuvga o‘z xususiy ilovalarini qo‘yishlari yoki bepul tarqatishlari mumkin. Jahondagi har bir foydalanuvchi esa o‘z mobil qurilmasida foydalanish uchun ularni bepul yuklab olishi yoki sotib olishlari mumkin. Xo‘sh, Google Play va App Store o‘zi nima?

Google Play

play_29_06_2014

Google Play (avvalgi nomi — Android Market) bu Google kompaniyasi ilovalar do‘koni bo‘lib, Android operatsion tizimli qurilma egalariga turli ilovalarni o‘rnatish va sotib olish imkonini beradi (shuningdek, AQSH va Rossiyada Android-qurilmasi egalari Google Play kitobli nashrlari, musiqa va filmlarni ham sotib olishlari mumkin). Ishlab chiquvchi hisob yozuvlarida ilovalarni nashr etish imkoniyati mavjud bo‘lib, uning narxi $25, ya’ni 75 ming so‘mga yaqin miqdorda turadi. Pullik ilovalarni barcha ishlab chiquvchilar ham chop eta olmaydilar. Google Play 2012-yil 6-martdagi Android Market portali rebrendingi natijasidir.

Rebrendingdan boshlab to hozirgi kunga qadar Google Playda Android Market to‘liq servisidan faqat AQSH’dagi aholi foydalana oladi, biroq Google vakillari bergan ma’lumotlarga qaraganda, yaqinda Google Playdan to‘liq foydalanuvchi mamlakatlar ro‘yxati kengayadi, sababi Google Playda ancha o‘zgarishlar amalga oshirildi. 2014-yil may oyida PayPal yordamida to‘lovni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Yaratilish tarixi
2008-yil 22-oktabrda Google OT Android — Android Market uchun ilovalar onlayn-do‘koni ochilganligini e’lon qildi. Android Market uchun ilovalar ishlab chiquvchilar 70% foydaga ega bo‘ladilar, qolgan 30% to‘lov va billing xizmatiga, shuningdek, soliqqa sarflanadi, Googlening o‘zi esa ilovalar sotuvidan hech qanday foydaga ega bo‘lmaydi. 2009-yil fevral oyining o‘rtalarida AQSH va Buyuk Britaniya ishlab chiquvchilariga Android Marketda o‘z ilovalari uchun haq olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Google Playda turli foydali va rang-barang ilovalarni topish mumkin. Do‘konda pullik va bepul ilovalar mavjud. 2012-yil 31-oktabrda Google kompaniyasi ilovalar soni 700 000ga hamda yuklab olish soni 25 milliard martaga yetganini ma’lim qildi. Biroq foydalanuvchilar ko‘pincha do‘kondagi dasturlar sifati pastligi, shuningdek, zarar yetkazuvchi dasturiy ta’minotlar mavjudligidan shikoyat qilmoqdalar.

Android platformasida smartfonlar soni 400 mln. donadan ortiq bo‘lishiga qaramay, Google Play ishlab chiquvchilar daromadlari bo‘yicha App Storedan ortda qolmoqda. 2013-yil 15-mayda Google I/O konferensiyasida shu davrga kelib, jahon bo‘ylab 900 milliondan ortiq Android-qurilma faollashtirilganligi e’lon qilingandi. Google Playdan 48 milliarddan ortiq ilovalar, undan 2,8 milliard ilova bir oy mobaynida yuklab olingan.

play_29_06_2014_1

Google Play do‘konida mamlakatimizning Brand.uz kompaniyasi ishlab chiqarilgan «O‘zbek oshxonasi» mobil ilovasi

App Store

play_29_06_2014_2

App Store — ilovalar do‘koni, iTunes Store onlayn-supermarketi bo‘limida iPhone mobil telefonlari, iPod Touch pleyerlari va iPad planshetlari, shuningdek, iTunes shaxsiy kompyuterlari uchun sotib va yuklab olish mumkin bo‘lgan turli ilovalar mavjud.

play_29_06_2014_3

App Store 900 mingdan ortiq iPhone va iPod Touch, iPad uchun 375 mingga yaqin (2013-yil 12-iyun ma’lumotlari) ilovalarni taqdim etadi, 575 million foydalanuvchilar tomonidan 50 milliard marta yuklab olingan. FreeCell va Sudoku o‘yinlari, Facebook, MySpace, The New York Times, Pandora, PayPal va Twitter ilovalarining ko‘plab turlari mavjud.

Ko‘pgina sotiladigan ilovalar narxi $0,99 dan $9,99 gachani tashkil etadi, ayrim ilovalar yanada qimmat turadi. Rossiyada 2008-yil dekabrdan boshlab to‘lov debet kredit kartalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. App Storeda bepul ilovalar tarqatiladi.

iPhone 3G egalariga ilovalar do‘koni modellar sotuvi boshlangan vaqtdan boshlab ochiq. Avvalgi avlod apparatlari egalari do‘kondan foydalanishi uchun DT ikkinchi versiyasiga qadar yangilanishi talab etiladi. Shuningdek, App Storega kirish uchun 7.7.versiyasidan boshlab iTunesdan foydalanish zarur.

Do‘konni Apple mutaxassislari kuzatadilar. Har bir ilova maxsus elektron sertifikat bilan jihozlangan. Agar sotib olingan dasturlardan kimdir bepul o‘g‘rincha foydalanmoqchi bo‘lsa, uni do‘kon rastasidan olib tashlaydilar, ishlab chiquvchilarni esa «jiddiy ogohlantiradilar».

Do‘konni qo‘llab-quvvatlash uchun ilovalar savdosidan daromadlar quyidagicha taqsimlanadi — mualliflarga 70%, Applega 30%. Rasmiy Apple ta’kidlashicha, mazkur sotuvlardan foydalanish niyatida emaslar. Ishlab chiquvchilar ham bepul ilovalarni chiqarish imkoniga ega bo‘ladilar. Shunisi qiziqarliki, barcha sotib olingan dasturlarni yangilab turish uchun iTunesda yozish mumkin.

iPod Touchda Wi-Fi orqali internetga ulanib, App Store servisidan foydalanish mumkin. Foydalanuvchilar har qanday joydan turib, simsiz tarmoq orqali ilovalarni sotib va bepul yuklab olishlari mumkin. Ilovalar bepul yoki iTunes Store orqali foydalanuvchi hisobidan ma’lum miqdordagi haq evaziga taqdim etiladi. App Store yangilangan ilovalar paydo bo‘lgani haqida foydalanuvchiga ma’lumotlar beradi. USB interfeysi bo‘yicha iPhone yoki iPod Touchda ilovalar sinxronizatsiyalanadi va App Store servisi iTunes dasturida Mac va PC kompyuterlari uchun taqdim etiladi.

Android platformasidagi qurilmalar mamlakatimizda keng tarqalganligi tufayli O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google Play servisi ommalashgan. Shunday bo‘lsada, O‘zbekistonda Android va iOS platformalari uchun ikki variantda mamlakatimiz ishlab chiquvchilari mobil ilovalar yaratishga harakat qilmoqdalar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq