NTT Docomodan olib yuriladigan SIM-karta
29.06.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

ntt_29_06_2014

Yaponiyaning yirik mobil operatori — NTT Docomo olib yuriladigan SIM-kartadan iborat Portable SIM prototip qurilmasini yaratdi. Qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish uchun smartfonga SIM-kartani qo‘yib, Internetdan foydalanishning o‘zi yetarli. Portable SIM’ning ishlanmasi ustida 2013-yil oktabr oyidan ish yuritildi. Prototip Sharp kompaniyasi bilan hamkorlikda qurildi. Qurilma sim kartani, shuningdek, Bluetooth moduli va NFC’ni birlashtiradi.

Shu tariqa, SIM-kartada simsiz holda ma’lumotlarni uzatish mumkin. Portable SIM bir vaqtning o‘zida parol bilan axborotlarni saqlash uchun bir necha smartfonlar, saytga, ilovalar va boshqa qurilmalardan foydalanish imkonini berishi mumkin. Gadjet ruxsat berilgan shaxsiy mobil qurilmalariga to‘g‘ri keladi. Mobil operator Portable SIM televizor, musiqiy qurilmalar va avtomobil axborot-ko‘ngilochar tizimlari bilan muvofiq kelishi borasida ish yuritmoqda. Hozirgi bosqichda qurilmani tijoratlashtirish rejalashtirilmayapti. Buning o‘rniga ishlab chiquvchilar undan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar. Shuningdek, gadjetni boshqa qurilmalar, masalan, smart-soatlar bilan muvofiqlashtirish maqsadida ixchamlashtirish usullari o‘rganilmoqda.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq