Monitorlar uchun bukiluvchan panel
29.06.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

mon_29_06_2014

Tarmoq manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra suyuqkristalli panellar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar joriy yilda 21:9 tomonlar muvofiqligi bilan yuqori imkoniyatga ega modellar chiqarishni rejalashtirganlar. Monitorlar uchun mo‘ljallangan mazkur panellar 2015-yil boshida bozorga chiqarilishi kutilmoqda. Asosiy yetkazib beruvchilar qatorida AU Optronics (AUO) va LG Display kompaniyalari bor. Manba ma’lumotlariga asosan 27–28 duym o‘lchamli bukuluvchan panellar chiqarish ham mo‘ljallanmoqda.

An’anaviy monitorlar bilan bozorning to‘laligi sababli ishlab chiqaruvchi yangi yo‘llarni izlashi, bukilgan o‘ta kengformatli ekranli, shuningdek, yuqori darajada keng imkoniyatli, yaxshi ko‘rsatkichlarga ega ekranli modellarni ishlab chiqarishi zarur. Kuzatuvchilar mazkur bukilgan suyuqkristalli ekranli model muvaffaqiyatli bo‘lishini kutmoqdalar. Bunday monitorlar 2014–2015 yilllarda ommalashishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, yaqinda o‘tkazilgan Computex 2014 ko‘rgazmasida Asus kompaniyasi 32-duymli bukilgan ekranli monitor prototipini taq-dim etdi.

Manba: www.DigiTimes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq