Mikrobga qarshi qobiqli, egiluvchan, suv o‘tkazmas klaviatura
29.06.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

key_29_06_2014

Turli qurilmalar ishlab chiqaruvchi Adesso kompaniyasi mahsulotlari qatoriga Adesso SlimTouch 222 klaviaturasi qo‘shildi.

Adesso SlimTouch 222 klaviaturasi chang va suv o‘tkazmas qobiq bilan himoyalangan. Bundan tashqari, klaviatura mikrobga qarshi xususiyatga ega.

Egiluvchanlik AdessoSlimTouch 222 asosiy materiali sifatida kremniyli organik rezinadan foydalanilganligi uchun klaviaturaga uni taxlash va hatto rulon qilib o‘rash imkonini beradi. Klaviaturani dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan yuvish mumkin. Bu undan tibbiy muassasalar va qurilmalar sanitariya holatlariga yuqori darajada talablar qo‘yiladigan boshqa joylarda foydalanish imkonini beradi.

Adesso SlimTouch 222 klaviaturasi 108ta klavishga ega. Kompyuterga uni USB interfeysi bo‘yicha ulash mumkin. Qurilma o‘lchovi 380,5 x 122,5 x 11 mm.dan iborat. Yangilik narxi — $30.

Manba: www.DigiTimes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq