Каsb tanlash hayot yo‘lidagi muhim qadamdir
29.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: To‘lqin Teshabayev.

O‘smirlikning eng quvnoq va mazmunli davri akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bag‘rida o‘tkazilgan davrdir. Hozirgi kunda ushbu muassasalarning bitiruvchilari o‘z dillaridagi orzu-havaslari tomon qadam qo‘yadigan kunlar ostonasida turibdilar. Kimdir biror hunarmandlik kasb-korini davom ettirish yoki o‘z shaxsiy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lsa, yana boshqalar oliy ta’lim olish, ya’ni ko‘p yillar orzu qilib, tanlagan kasbiy mutaxassislik sirlarini egallash uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishga ahd qilganlar.

Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo‘lishidan tashqari, o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi zarur. Ba’zi yoshlar ko‘p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo‘la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o‘ylanib qoladilar. Ayrimlar o‘zlarining ko‘p yillik orzularidan ham voz kechib, hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o‘rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o‘z fikrlarini o‘zgar-tiradilar. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida barcha kasb-hunar va mutaxassislik sohalari ham o‘z dolzarb o‘rniga ega. Ular qatorida jadal sur’atda rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida mutaxassislarni tayyorlaydigan sohalar ham muhim ahamiyatga molik. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) respublikamizda tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida aynan shu soha bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Hozirgi kunda mazkur sohaga qiziqqan mamlakatimizning turli mintaqalarida yashaydigan yoshlarimiz albatta poytaxtga yo‘l olmay ham TATU talabasi bo‘lishdek baxtga erishishlari mumkin. Mamlakatimiz viloyatlarining iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk va malakali kadrlar tayyorlash zarurligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq respublikamizning Samarqand, Farg‘ona, Nukus, Qarshi va Urganch shaharlarida universitetning hududiy filiallari tashkil etildi.

O‘tgan davr mobaynida hududiy filiallarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining buyruq va farmoyishlarida belgilangan asosiy va ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, AKT sohasida kadrlar tayyorlash borasida, Toshkent shahridagi bosh universitet bilan birgalikda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu barcha filiallarda viloyat ko‘rkiga yanada chiroy baxsh etuvchi, bilim olish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega zamonaviy o‘quv binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlandi, jumladan, o‘quv jarayoni uchun keng va chiroyli o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalari, kompyuter va multimedia sinflari, o‘quv markazlari tashkil etilib, yangi kompyuter texnikalari, elektron doska, multimedia proyektorlar, noutbuklar, multimedia vositalari kabi zamonaviy uskunalar va qurilmalar bilan jihozlandi. Bir so‘z bilan aytganda, hududiy filiallarda talabalarning o‘z tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilim olishlari va professor-o‘qituvchilarning faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar Toshkent shahridagi bosh universitetdagidan aslo qolishmaydigan darajaga ko‘tarildi.

TATU’ning barcha filiallarida o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining quyidagi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1942-sonli Qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 188-sonli qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi «Oliy ta’lim muasssasidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali va ilmiy pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 365-sonli qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi «Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 371-sonli qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1875-sonli Qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 9-dekabrdagi «Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni va o‘quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarining joriy etilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 8/4-sonli Hay’at qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 30-yanvardagi 35-sonli, 2014-yil 31-yanvardagi 43-sonli hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2014-yil 6-fevraldagi 100-sonli buyruqlari. Qarorlariga asoslangan holda tashkil etilgan.

Universitetning hududiy filiallarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
Bakalavriat:

  • kompyuter injiniring («Kompyuter injiniring», «AT-servis»);
  • telekommunikatsiya texnologiyalari («Telekommunikatsiya»);
  • axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi.

Magistratura:

  • kompyuter injiniring («Kompyuter tizimlarini loyihalash»).

Barcha filiallarda o‘quv jarayoni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalar hamda ishchi o‘quv rejalar asosida amalga oshirilmoqda. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalar TATU tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
Filialda «Kompyuter injiniring» fakulteti va uning qoshida 5ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Filialda 18 nafar fan doktori professorlar va fan nomzodi, dotsentlar, 28 nafar assistent va katta o‘qituvchilar, jami 46 nafar (73 nafar o‘rindoshlar bilan) professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi.

kasb_29_06_2014_1

Hozirgi vaqtda filialda jami 562 nafar talaba bo‘lib, shulardan 217 nafari davlat granti asosida, 345 nafari to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olmoqda. Filial o‘quv jarayonida zamonaviy jihozlangan auditoriyalardan tashqari, 2ta videokonferenszal, 1ta multimediali o‘quv laboratoriya, 1ta lingofon, 6ta kompyuter sinfi va elektron kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektron kutubxona zaruriy o‘quv adabiyotlari, qo‘llanmalar va ma’ruza matnlarining elektron versiyalari bilan ta’minlangan, elektron katalog ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasining 2014-yil 30-yanvardagi 35-sonli buyrug‘i asosida filial «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasining «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston filialida kafedra filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i»ning 6-bog‘lamasi, RTUM Qoraqalpog‘iston filiali, «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston filiali va «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Qoraqalpog‘iston filialida mutaxassislik fanlaridan, xususan, telekommunikatsiya yo‘nalishidagi fanlardan amaliy darslar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish maqsadida laboratoriya sinflari tashkil etilgan va professor-o‘qituvchilar hamda soha korxonalari mutaxassislarining hamkorlikdagi darslari olib borilmoqda. Filial talabalari orasida fanlardan o‘zlashtirishi, fikrlashi, dunyoqarashlari, ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan layoqatlarini hisobga olgan holda, alohida ko‘rsatkichga ega bo‘lgan iqtidorli talabalar guruhi tashkil qilingan. Iqtidorli talabalar «Huawei tech. Invesment Tashkent» MCHJ HK, O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati, shuningdek, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi federatsiyasi stipendiyasi sovrindorlari bo‘ldilar. Iqtidorli talabalar ilmiy jurnallarda 9ta maqola, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 17ta ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Magistrlar tomonidan jami 24 ilmiy ishlar, ilmiy jurnallarda 9ta maqola va ilmiy-amaliy konferensiyalarda 15ta materiallari chop etildi.

Nukus filialida o‘quv jarayonining sifatini oshirish, dasturiy mahsulotlar yaratish va amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil etish maqsadida 2014-yilda «BePro-Yosh dasturchilar tayyorlash markazi»ni ochish mo‘ljallangan. Soha korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining talabalar bilan AKT sohasida istiqbolli mavzular bo‘yicha muntazam uchrashuvlar tashkil qilinib kelinmoqda. Hozirgi kunda filialda 2012–2014 yillarga mo‘ljallangan 2ta amaliy loyiha ustida ilmiy-tadqiqot ishlar olib borilmoqda. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tizimidagi 6ta korxonalar bilan jami 72 mln. so‘m hajmda innovatsion hamkorlik shartnomalari tuzildi. Xalqaro ta’lim dasturi TEMPUS VI loyihasida qatnashish uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. 2014-yil yanvar oyida Janubiy Koreyaning Inha universitetiga 1 nafar va fevral oyida Kyong Hee universitetiga 1 nafar professor-o‘qituvchi malaka oshirish uchun yuborildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
Filial tarkibiy tuzilmasida «Kompyuter injiniring» fakulteti va 5ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi. Filialda jami 767 nafar talaba, jumladan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida jami 756 nafar, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 11 nafar talaba tahsil olmoqda. Filialda 51 nafar asosiy shtatda va 35 nafar o‘rindoshlik asosida jami 87 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Filial fan doktori, professorlar va dotsentlari soni 15 nafarni tashkil etadi.

kasb_29_06_2014_2

Filialda jami 33ta o‘quv auditoriyalari mavjud bo‘lib, shuning 6tasi laboratoriya, 5tasi kompyuter va multimedia xonalari va 6tasi ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘quv xonalaridan iborat. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining hududiy boshqarma tizimidagi korxona va tashkilotlarda «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filialida, «O‘zI» Qarshi filialida, TTT-8 korxonasida mutaxassislik kafedralarining filiallari mavjud bo‘lib, ularda zamonaviy jihozlangan ma’ruza va laboratoriya xonalari tashkil etilgan. Filial axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 1373 nomdagi 5266 dona o‘quv adabiyotlaridan iborat, shundan, ingliz tilidagi adabiyotlar 125 nomda, 313 nusxani tashkil etadi. Elektron resurslar fondi 5000 nomdan ortiq o‘quv adabiyotlarini o‘z ichiga olgan. Shuningdek, 2013-yil sentabr oyida 7 mln. so‘mlik o‘quv adabiyotlari fond uchun xarid qilindi, noyabr oyida TATU’dan taqdim etilgan 229 dona mutaxassislik fanlari bo‘yicha chet el o‘quv adabiyotlari bilan boyitildi, shuningdek, ingliz tilini o‘rganishga oid qo‘shimcha 30 dona o‘quv adabiyotlari xarid qilindi.

2013–2014 o‘quv yili davomida filial professor-o‘qituvchilari tomonidan 4ta o‘quv qo‘llanma tayyorlanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi Kengash qarori asosida nashrga tavsiya etildi va ularning 3tasi «Fan va texnologiyalar» hamda «Davr» nashriyotlari orqali vazirlik hisobidan (121 mln. so‘m) 11000 va 8600 nusxada chop etildi. KHK uchun tayyorlangan o‘quv qo‘llanma «Yilning eng yaxshi darslik va o‘quv qo‘llanmasi muallifi — 2013» tanlovida rag‘batlantiruvchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 2014-yil aprel oyida «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasida, TEMPUS dasturi asosida «Raqamli ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish laboratoriya stansiyasi» jihozlari olib kelinib, maxsus laboratoriya tashkil etildi. Keyingi 2 oy davomida filialning moddiy-texnik bazasi homiylik yordamlari asosida 3 printer, 10ta protsessor, 2ta videoproyektor, 5ta multimediali proyektor, 1ta videoregistr, 5ta IP videokuzatkich, 1ta noutbuk, 1ta raqamli fotoapparat, 9ta USB Flash va 4ta televizor, jami 52 mln. so‘mlik texnik jihozlar bilan boyitildi. Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish maqsadida, 10 nafar bakalavr va 4 nafar magistrlar xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etmoqda va 5 nafarining maqolasi chop etildi. 2012–2013 o‘quv yilida bir talaba Beruniy nomli davlat stipendiyasi, 2 nafar talaba soha stipendiyalari sovrindorlari bo‘ldilar. Iqtidorli talabalarning «Yangi innovatsion g‘oyalar» tanloviga 11ta loyihasi taqdim etildi. Filial professor-o‘qituvchilari tomonidan 2013–2014 o‘quv yilining may oyiga qadar 81ta maqola chop etildi. Shundan 10tasi ilmiy OAK tasarrufidagi jurnallarda, 5tasi chet el jurnallarida, 10tasi xalqaro anjumanlar to‘plamlarida va 56tasi Respublika anjumanlari to‘plamlarida nashr etilgan. 2014-yil 1-mayga qadar, bitta ilmiy monografiya (Germaniyada) va bitta ilmiy risola nashr etildi. Hozirgi kunda filialda jami 203 mln. so‘mlik davlat granti asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
Filialda «Kompyuter injiniring» va «Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi» fakultetlari hamda bu fakultetlar tarkibida 7ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Filialda 21 nafar fan doktori, professorlar va fan nomzodi, dotsentlar va 58 nafar katta o‘qituvchi va assistentlar, jami 79 nafar (111 nafar o‘rindoshlar bilan) professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Bugungi kunda filialda jami 1193 nafar talaba bo‘lib, shulardan 332 nafari davlat granti asosida, 861 nafari to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olmoqda. Filial o‘quv jarayonida 2ta videokonferenszal, bir multimediali o‘quv laboratoriya, bir lingofon, 10ta kompyuter sinfi va elektron kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektron kutubxona zaruriy o‘quv adabiyotlari, qo‘llanmalar va ma’ruza matnlarining elektron versiyalari bilan ta’minlangan, elektron katalog ishlab chiqilgan.

kasb_29_06_2014_3

Filialdagi «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasi qoshida «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali bilan hamkorlik shartnomasi asosida kompaniyaning filiali tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «O‘zI» QK’ning Samarqand filialida ushbu kafedraning filiali tashkil etildi va kafedra professor-o‘qituvchilari reja asosida faoliyat olib bormoqda. Davlat qo‘mitasining 2014-yil 31-yanvardagi 35-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan soha korxonalari va tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Filialda fan to‘garaklari, jumladan, «Tillar» kafedrasida «Tarjimon», «Tilchi», «Nemis tilida so‘zlashuv», «Kompyuter tizimlari» kafedrasida «Hisoblash mashinalari va tizimlarini tashkil etish», «Intellektual tizimlar», Tabiiy fanlar kafedrasida «Oliy matematika va fizika», «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasida «FilIn», «Axborot texnologiyalari» kafedrasida «Yosh dasturchi», Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasida «Veb-dizayn», «Masofaviy ta’limni tashkil etish» to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, jami 350 nafar talaba ishtirok etadi. Filial iqtidorli talabalarining biri «Huawei tech. Invesment Tashkent» MCHJ HK, 2 nafari O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati va bir talaba O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi federatsiyasi stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

2013–2014 o‘quv yilida iqtidorli talabalar ilmiy jurnallarda 8ta maqola, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 81ta ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishgan, shundan 4tasi xalqaro konferensiya to‘plamlarida chop etilgan. Filialda 2012–2013 va 2013–2014 o‘quv yillarida professor-o‘qituvchilar va yosh mutaxassislar uchun ingliz tilidan o‘quv kurslar tashkil etildi. O‘quv jarayonining sifatini oshirish, dasturiy mahsulotlar yaratish va amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil etish maqsadida Samarqand filialida ham 2014-yilda «Dasturchilar tayyorlash markazi»ni ochish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Samarqand viloyati hokimligi topshirig‘iga ko‘ra filialning yosh dasturchi talabalari mas’ul professor-o‘qituvchilar rahbarligida 12ta dasturiy mahsulotlarni yaratish ustida ishlamoqdalar. Ulardan 2tasi — «Migratsiya» va «Tomorqa» dasturlari amaliyotga joriy etildi. Filialda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 105,9 mln. so‘m hajmdagi fundamental loyihalar, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturi bo‘yicha 61,3 mln. so‘mlik amaliy tadqiqot va 30 mln. so‘m hajmdagi innavatsion loyiha ishlari olib borilmoqda. Mavjud ilmiy loyihalar asosida filialda 5ta ilmiy laboratoriyalar tashkil etildi va «Ilmiy tadqiqot sektori» ochildi. Filial bir o‘qituvchisining yangi talablar asosida doktorlik dissertatsiyasi himoyasi 2014-yil 28-iyunga belgilandi. Bu TATU va boshqa filiallar ichida yangi talablar bo‘yicha birinchi doktorlik himoyasi hisoblanadi.

Ushbu o‘quv yilida filialda professor o‘qituvchilar tomonidan 234ta maqola chop etildi. Ulardan 29ta chet elda, 205tasi mahalliy jurnallarda va konferensiya materiallarida chop etildi. 2014-yil 23–25 aprelda talabalarning ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. 2013–2014 o‘quv yili davomida filialda NEC kompaniyasi mutaxassislari hamda Malayziyalik professor-o‘qituvchilar bilan filialda seminarlar tashkil etildi. 2014-yil fevral oyida viloyat hokimining professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashuvi tashkil etildi. 2014-yil may oyida ta’lim muassasasining bir dotsenti Indoneziyada bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda ma’ruza bilan ishtirok etdi. Filialning bir professor-o‘qituvchisi Erasmus-Mundus loyihasi bo‘yicha Fransiyaning Belfort-Montebeliard texnika universitetida doktoranturada (PhD) va bir talaba Rossiyaning Yoshkar-Ola shahridagi Mariy davlat texnika universitetida magistraturada tahsil olmoqda. O‘z ilmiy ishlarini olib borish va xorij tajribasini o‘rganish maqsadida, Koreya davlatining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida 2 nafar o‘qituvchi malaka oshirish kurslariga yuborildi va 3 nafar o‘qituvchi maxsus suhbatdan o‘tdi. Kelgusida yana 4 nafar o‘qituvchi tayyorgarlik ko‘ryapti. Filialda kompyuterlar soni 295tani, 5ta elektron doska, 2ta motorli ekran, 13ta multimedia proyektor, 27ta printer, 22ta skaner, 2ta nusxa ko‘chirish apparati, 6ta noutbuk, 8 dona UPS’dan foydalanilmoqda. Joriy yilda qiymati 24 mln. so‘m qiymatidagi server xarid qilindi va o‘rnatildi. Filialning telekommunikatsiya fakulteti 4 komplekt laboratoriya uskunalari, jumladan: «Elektr zanjirlar nazariyasi», «Elektron jihozlar va mikroelektronika», «Aloqa tizimlari va iste’moli qurilmasi» va «Chiziqli elektr zanjirlar» o‘quv laboratoriyasi majmualari bilan qayta jihozlandi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
2013-yil oktabr oyida Urganch shahri Al Xorazmiy ko‘chasida 540 talabaga mo‘ljallangan zamonaviy kompyuter texnikasi va o‘quv laboratoriya xonalari bilan jihozlangan filialning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Filialda «Kompyuter injiniring» fakulteti va uning qoshida 5ta kafedra tashkil etildi. O‘quv jarayoniga jami 68 nafar professor-o‘qituvchi jalb qilinib, ulardan 43 nafari asosiy shtatda, 25 nafari boshqa oliy ta’lim muassasalari va soha korxonalaridan o‘rindoshlik asosida jalb qilingan. Asosiy va o‘rindoshlar shtatidagi fan doktori, professor, fan nomzodi, dotsentlar soni 17 nafarni tashkil etadi.

kasb_29_06_2014_4

Filialda jami 590 nafar talaba bo‘lib, shulardan 212 nafari davlat granti asosida, 378 nafari to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olmoqda. Filialda xorijiy ilmiy markazlar va ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik ishlari olib borilmoqda, jumladan, filialning bir dotsenti DAAD fondi granti asosida Germaniyaning Ilmenau Texnologiyalar universitetiga malaka oshirishga yuborildi. TATU bilan birgalikda xorijiy oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirishga yuborilgan o‘qituvchilar soni 3 nafarni tashkil etadi. Jumladan, ERASMUS MUNDUS dasturi asosida bir o‘qituvchi Litvaning Vilnyus universitetida malaka oshirdi, yana 2 nafar o‘qituvchi Germaniyaning Oldenburg texnika universiteti va Fransiyaning Belford universitetiga ilmiy dissertatsiya ishlarini amalga oshirishga yuborildi. Filialda professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida ingliz tilidan kurslari tashkil etildi.

Filialda 7ta kompyuter sinfi va 40ta internet tarmog‘iga ulangan kompyuter zali mavjud. Bundan tashqari, zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan 5ta «Elektronika», «Elektr zanjirlar nazariyasi», «O‘lchash, standartlashtirish va metrologiya», «Aloqa liniyalari» va «Teleuzatish» laboratoriya xonalari mavjud. Filialda zamonaviy kompyuterlar soni 207tani tashkil etadi va kompyuterning barchasi Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 168ta kompyuter texnikasi o‘quv jarayonida foydalaniladi. O‘quv auditoriyalar va laboratoriya xonalarining barchasi kompyuterlar, proyektor, motorli ekran, elektron doskalar bilan ta’minlangan. «Elektronika» laboratoriya xonasi National Instruments firmasining 5ta LabVIEV virtual laboratoriya qurilmalari, «O‘lchash va standartlashtirish» laboratoriya xonasi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va qurilmalari bilan jihozlangan. 2013–2014 o‘quv yilida bir talaba Beruniy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, respublika fan olimpiadasining 2-bosqichida bir talaba «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan 2-o‘rinni va bir talaba «Kompyuter grafikasi» fanidan 3-o‘rinni egalladi. Filial 2012–2013 o‘quv yilida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi fondi va xo‘jalik shartnomalarni bajarish hisobiga jami 130 mln so‘mlik mablag‘ga hamda Italiya TWAS fondining 18 ming AQSH dollari hajmidagi grantiga ega bo‘ldi. Filialda TEMPUS dasturi loyihasi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. TWAS fondi granti hisobiga olinayotgan kompyuter, kommunikatsiya uskunalari va maxsus dasturiy ta’minoti asosida «Yarimo‘tkazgich asboblar va elektr zanjirlarni modelleshtirish o‘quv laboratoriyasi»ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
Filialda «Kompyuter injiniring» va «Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi» fakultetlari va ushbu fakultetlar tarkibida 7ta kafedra ish olib bormoqda. Filialda 14 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 71 nafar katta o‘qituvchi va assistent, jami 85 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Hozirgi vaqtda filialda jami 1188 talaba bo‘lib, shulardan 336 nafari davlat granti asosida, 852tasi to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olmoqda.

kasb_29_06_2014_5

Filialda 11ta kompyuter sinfi, 3ta multimedia sinfi, 1ta lingofon auditoriyasi va elektron kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Elektron kutubxona zaruriy o‘quv adabiyotlari, qo‘llanmalar va ma’ruza matnlarining elektron versiyalari bilan ta’minlangan, elektron katalog ishlab chiqilgan. Davlat qo‘mitasining 2014-yil 31-yanvardagi 35-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ, «Matbuot tarqatuvchi» AK va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali homiyli yordamida, filialda «Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining o‘lchash asboblari» va «DTS-2000 raqamli telefon stansiyasi» o‘quv laboratoriyalari, shuningdek, «Mobil aloqa tizimlari» o‘quv laboratoriyasi tashkil etilgan. «O‘zbektelekom» AK Andijon filiali homiyligida IKM-30 va IKM-15 raqamli uzatish tizimlari jihozlari berilgan. «O‘zbektelekom» AK Namangan filiali tomonidan o‘quv laboratoriya uchun PSM-30 (ALCATEL) jihozlari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i»ga qarashli «Shaharlararo magistral aloqa tarmoqlari bog‘lanmasi-2» bo‘limi tomonidan SPUN stend jihozlari o‘rnatilgan.

Soha korxonalari va tashkilotlarida kafedralarning filiallari tashkil etilgan, jumladan, «Telekommunikatsiya injiniringi» kafedrasining «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali.

23-ATSda, «Telekommunikatsiya transport tarmog‘i»ning «Shaharlararo magistral aloqa tarmoqlari bog‘lanmasi-2» bo‘limida va Farg‘ona RTUM korxonasida, «Axborot texnologiyalari» kafedrasining «Matbuot tarqatuvchi» AK sho‘ba korxonasida, viloyat axborot-kutubxona markazida va «O‘zbektelekom» AK «Uzmobile» filialida, «Kompyuter tizimlari» kafedrasining «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filialida, Farg‘ona viloyati EMMX, «Axborot-ta’lim texnologiyalari» kafedrasining «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filialida, Farg‘ona viloyati o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim hududiy boshqarmasida kafedra filiallari tashkil etilgan. Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasining «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filialida kafedra filiali ochilgan. Filialda iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi mavjud. Rejaga ko‘ra iqtidorli talabalar o‘z qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarga biriktirilgan. Fakultetda hozirgi kunda «Chet tillari», «Yosh informatiklar», «Yosh aloqachilar», sportning «Futbol» va «Atletlar» to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda filialda 104 nafar iqtidorli talabalar tahsil olishmoqda. bir iqtidorli talaba «Beruniy» nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. 2013–2014 o‘quv yilida iqtidorli talabalar ilmiy jurnallarda 7ta maqola chop etdi, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 72ta tezislar bilan ishtirok etishgan, shundan 2tasi xalqaro konferensiya to‘plamlarida chop etilgan.

kasb_29_06_2014_6

Filialda ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida fundamental, amaliy dasturlar hamda xo‘jalik shartnomalari asosida 191,0 mln. so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Filialda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari fundamental davlat ilmiy-texnika dasturiga kiritilgan 24,0 mln. so‘mlik fundamental loyihasi hamda amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturi bo‘yicha 20,0 mln. so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Yuqoridagi davlat granti va xo‘jalik ilmiy-tadqiqot ishlaridan tashqari, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha «Viloyat hokimligi ijro etuvchi apparatida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, kompyuter texnikasidan foydalanish, yagona himoyalangan elektron pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimlarini joriy etish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi» tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimlik organlari rahbar va mutaxassislarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarini olib borish uchun mas’ul tajribali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Bu bo‘yicha 2013-yil 16-apreldan 3-maygacha 15ta shahar va tumanda 208 nafar rahbar va mutaxassislar AKT bo‘yicha o‘quv kurslarida ishtirok etdilar.

2013-yilda 103 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomalari asosida kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha quyidagi tashkilot va muassasalar bilan malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi:

  • «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali bilan 20 nafar rahbar-xodimlari;
  • «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filiali bilan 25 nafar rahbar-xodimlari;
  • Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 1236 nafar rahbar-xodimlari;
  • «O‘zneftmahsulot» AK «Farg‘ona neft baza» unitar korxonasining 107 nafar rahbar-xodimlari.

Hozirgi kunda universitetning barcha filiallari rahbariyati va professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 73-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 12ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining AKT bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilib, ularning malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq