Elektron chiqindilarni qanday qilib, oltinga aylantirish mumkin?
29.06.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

el_29_06_2014

Shunday maqsadni ko‘zlagan Kaliforniya kompaniyasi BlueOak Resourcesning loyihasi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina, shuningdek, noyob elementlar olishga qaratilgan. Biroq startap asoschilari buning uchun Amerika zaminining tabiiy boyliklaridan foydalanishni umuman rejalashtirilmaganlar, balki yuqorida sanab o‘tilgan ro‘yxatdagi qimmatbaho moddalarni eski elektronika vositalaridan, ya’ni chiqindixonalardan joy olgan texnika ashyolaridan olishni mo‘ljallaganlar.

Kompaniya rasmiy saytida: «Maqsadimiz foydalanilmaydigan elektron qurilmalari chiqindilarini qayta ishlash masalasining yechimini topishga yordam berishdan iborat. Mazkur jarayonni maksimal darajada samarali qilish uchun, zamonaviy tarmoqlarning texnologik zarurati uchun sanoat yutuqlaridan foydalanib, jamlovchi qismlardan qimmatbaho va noyob element hamda birikmalarni ajratib olishni rejalashtirganmiz», — degan axborot berilgan.

el_29_06_2014_1

BlueOak mutaxassislari allaqachon Arkanzasda joylashgan yuqori texnologik qayta ishlash qurilmalariga ega bo‘lgan korxonalarda ish yuritmoqdalar. Firma rahbariyati mazkur korxonalarning to‘la ishga tushirilishi 2015-yilda amalga oshirilishi, ishlab chiqarish quvvati yiliga 15 mln. ishdan chiqqan apparaturalarni qayta ishlashdan iborat bo‘lishini ma’lum qiladilar. Istiqbolda rejani amalga oshirish uchun BlueOak Resources jamoasi hisobiga boshlang‘ich mablag‘ sifatida Arkanzasda $35 mln. yo‘naltirilgan.

Loyiha ustida ishlashda asosiy motivatsiya bugungi kunda elektronikadan foydalanuvchilar sonining o‘sish darajasi statistik ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi: AQSH aholisi ishdan chiqqan yaroqsiz turli qurilma, asbob va maishiy texnika vositalarini, ulardan 80 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axlatxonalarga tashlanadigan 3,2 mln. tonna chiqindilardan qanday qutilish yo‘llarini izlaydilar. Biroq eng asosiysi, aynan mazkur 80 % chiqindi o‘zida mamlakat shaharlari axlatxonalaridagi zaharli moddalarning 70 foizini tashkil etadi.

el_29_06_2014_2

Bunga qo‘shimcha sifatida hukumat tashkilotlari qimmatbaho metallar izlash ishlariga budjetdan yiliga $12 mlrd. mablag‘ni sarflaydi, shu bilan birga, Amerika sanoati uchun muhim hisoblangan elementlarni eski texnika sifatida shunchaki axlatxonalarga tashlaydilar va bu bilan ekologik xavfni kuchaytiradilar. Agar yana statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, AQSH hududida har 20 daqiqada 1 tonna mobil telefon chiqindiga chiqarilishini ko‘rish mumkin, ularni qayta ishlab qimmatbaho materiallarini ajratib olish u qadar murakkab ish hisoblanmaydi.

Aynan ixcham-qayta ishlash zavodlari formatida nafaqat ekologik nuqtai nazardan samarali yechimlarni amalga oshirish, balki elektron chiqindilarni qayta ishlab qimmatbaho material olishda barqaror manbaga ham ega bo‘lish mumkin. To‘g‘ri, barcha ekspertlar ham startapga istiqbolli va samarali degan munosabatda emaslar. Elektron chiqindilarning qayta ishlanishini o‘rganayotgan olim Josh Lepavski (Josh Lepawsky) bu jarayonda foydalaniladigan texnikaning qimmatini e’tiborga olgan holda, ish samaradorligi butun jahondagi chiqindilar umumiy hajmiga nisbatan ko‘p bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

Shunga muvofiq mazkur BlueOak korxonalari ish quvvati bunday hajmdagi chiqindilarni qayta ishlashda yetarli bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Lepavski chiqindilarni to‘plab hududning o‘zida yirik miqyosli ishlab chiqarish korxonasi yaratilsa, samaraliroq bo‘lishini va shu bilan ishlab chiqariladigan mahsulotning yakuniy qimmatiga ijobiy ta’sir etishini ma’lum qilmoqda.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq