“Beeline” yoz kunlarida yanada ko‘proq muloqot hadya qiladi
27.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) yozgi aksiya haqida e’lon qiladi. 2014 yilning 27 iyundan 29 iyungacha abonentlar o‘z balanslarida minus 0,50$ bo‘lguniga qadar muloqot qilishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Yozgi dam olish kunlarida abonentlar yaqinlari va do‘stlariga, ayniqsa chet elga ko‘p qo‘ng‘iroq qilib muloqot qiladilar. “Beeline” aloqada yanada ko‘proq qolishga imkon bergan holda, o‘z abonentlariga ishonadi”.

Aksiyani maxsus yoqtirishga hojat yo‘q, u avtomatik tarzda amal qiladi. Aksiyada “Avtokredit” xizmati yoqilgan “Status Gold” va “Status Platinum” tariflaridan tashqari barcha prepaid to‘lov tizimi tariflari ishtirok etadi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq