“Beeline”ning yangi baza stansiyalari Qashqadaryo viloyatida o‘rnatildi
25.06.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) Qashqadaryo viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Shahrisabz, Muborak va Qamashi shaharlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Janubiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Axmedov shunday dedi: “Ko‘p yillar davomida “Beeline” Qashqadaryo viloyatida birinchi raqamli operator bo‘lib kelmoqda. Biz O‘zbekistonning ko‘p aholili hududlaridan birida tarmoqni kengaytirishga jiddiy ahamiyat qaratamiz. Ishonaman, kelgusida ham sifatli xizmat ko‘rsatuvchi va innovatsion yetakchi sifatidagi o‘rnimizni saqlab qolamiz”.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq